Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

“Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yoʼl”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali hamda Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida “Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yoʼl” mavzusida seminar tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali vakili Oʼtkir Аbdukarimov, Universitet Marketing va akademik faoliyatni prognozlash boʼlimi boshlig’i Mansur Mamanazarov hamda Universitet bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdilar.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali vakili Oʼtkir Аbdukarimov bitiruvchi kurs talabalariga davlat tashkilotlariga ishga kirishda “vacancy.argos.uz” tizimidan foydalanishni tartibi haqida to’liq ma’lumot berdi.Tadbir yakunida talabalar mavzuga doir o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga batafsil ma’lumot olishdi.

O‘zMU Axborot xizmati