Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Xamkorlik qadamlari belgilab olindi

Joriy yilning 13-iyul kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida M.V.Lomonosov nomidagi Shimoliy (Arktika) Federal universiteti (Arxangelsk, Rossiya Federatsiyasi) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Palina Sergeyevna universitet faoliyati bilan tanishtirib universitet texnika, tabiiy fanlar, iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash bo‘yicha 350 dan ortiq ta’lim dasturlari mavjudligini qayd etdi.
Taqdimotdan so‘ng tomonlar ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Xususan, talabalar va o‘qituvchilar uchun akademik mobillik loyihalari, qo‘shma ta’lim dasturlari, onlayn maktablar, konferensiya va seminarlar tashkil etish va amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda har bir ilmiy loyihada aniq maqsad va vazifalar ko‘rsatilgani singari, uning amaliyotga tatbiq etilishiga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi ta’kidlandi.

Xalqaro aloqalar bo'limi