Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Xitoyning Jiaxing universiteti vakillari bilan virtual muloqot

Bugun O’zMU va Xitoyning Jiaxing universiteti o’rtasida virtual muloqot bo’lib o’tdi. Muloqot davomida hamkorlik aloqalarini o’rnatish masalalari ko’rib chiqildi. Texnologiya, kimyo, meditsina, huquq, injinerlik, san’at kabi bir qancha fan tarmoqlari doirasida talaba hamda professor-o’qituvchilarning akademik mobilligini ta’minlash muhokama etildi.
Sohalararo akademik mobillik jarayonida yuzaga keluvchi muammolar, o’quv soatlari va ingliz tilida tashkil etiladigan darslar to’g’risidagi masalalarga aniqlik kiritildi. Xorijlik talabalar uchun tashkil etiladigan o’quv jarayoniga oid talab va takliflar muhokama etilib, atroflicha o’rganib chiqildi.
Har ikki universitet o'rtasida memorandum imzolash rejalari ko'rib chiqildi. Memorandumda nazarda tutiluvchi shartlar ikki universitet ma’sullari tomonidan to’liq o’rganib chiqilgach, imzolash kuni belgilanishiga kelishildi.

Xalqaro aloqalar bo'limi