Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Xorijdagi va respublikadagi boshqa oliy ta’lim muassasalaridan talabalarning o‘qishini ko‘chirish yuzasidan tushayotgan savollar bo‘yicha ma’lumot  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga (3-bob, 25-bandi) muvofiq oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qishini ko‘chirishda o‘quv rejalardagi fanlari bo‘yicha farqlar aniqlangan taqdirda talaba akademik qarzdor sifatida o‘qishga qabul qilinishi nazarda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi №357 sonli bo‘yrug‘iga bilan O‘zbekiston Milliy universiteti 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab ta’limning kredit-modul tizimiga o‘tkazilgan va hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-sonli qaroriga muvofiq universitetda birinchi va ikkinchi bosqich talabalari uchun ta’lim jarayonlari kredit-modul tizimi asosida tashkil etilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning:
41-bandi ikkinchi xatboshida akademik qarzdor talabalar ta’til vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng o‘zlashtirilmagan fanlarni o‘z hisobidan qayta o‘qish huquqiga egaligi;
45-bandida fanlar bo‘yicha qayta ta’lim olish uchun to‘lov qiymati oliy ta’lim muassasasi tomonidan butun o‘quv yilining kontrakt summasidan kelib chiqqan holda, bir kredit qiymatini hisoblash asosida belgilanishi, bir kredit qiymati esa o‘quv yili davomidagi ta’lim olish uchun to‘lanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorini rejalashtirilgan kreditlar miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanishi nazarda tutilgan.
Tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlaridagi fanlar farqlari aniqlangan talabalar akademik qarzdor sifatida o‘qishga qabul qilinishi va ushbu akademik qarzdorliklar talabalar tomonidan o‘z hisobidan o‘zlashtirish tartibi belgilangan. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bob, 10-bandiga asosan talabalarning o‘qishini ko‘chirishni rasmiylashtirishda oliy ta’lim muassasasi rektori belgilangan tartibda o‘quv rejalari va dasturlardagi mavjud akademik qarzlarni yoki farqlarni topshirish tartibi va muddatlarini belgilaydi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Milliy universitetiga o‘qishini ko‘chirib kelgan va o‘quv rejalardagi fanlari bo‘yicha farqlar aniqlangan talabalar tegishli fanlarga mos kreditlar miqdoridan kelib chiqib to‘lovlarni amalga oshirishlari hamda o‘quv yili semestri davomida yoki 2022 yilning avgust oyida yozgi semestr davomida tashkil etiladigan dars mashg‘ulotlarida ishtirok etib, fanlar farqi bo‘yicha akademik qarzdorliklarni topshirishlari mumkin.
Ma’lumot uchun: Universitetda ta’limning kredit-modul tizimiga o‘tkazilgan birinchi va ikkinchi bosqichlarda kursdan kursga o‘tkazish talabaning GPA (o‘zlashtish ballari o‘rtacha qiymat) qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Milliy universitetda kursdan kursga o‘tkazish uchun GPA ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘tish ball 2,80 ga teng qilib belgilangan.