Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi G'alaba bog'ida

2022-yil 18-may kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Fakultetlararo rus tili" kafedrasi o‘qituvchilari universitetning Kimyo fakulteti 1-bosqich talabalari va 1-umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 46-sonli “G‘alaba” bog‘i va “Shon-sharaf muzeyi”ga tashrif buyurdi. Ekskursiya doirasida talaba va o‘quvchilar bilan O‘zbekistonning Ulug‘ Vatan urushidagi ishtiroki haqida suhbatlashildi. Ekskursiyadan so‘ng 46-maktab o‘quvchilari ham kasbga yo‘naltirish bo‘yicha ma’lumotlar oldilar. Shuningdek, norasmiy sharoitda kafedra professor-o‘qituvchilari va universitet talabalari bilan suhbatda maktab o‘quvchilari O`zbekiston Milliy universitet tarixi, fakultetlari, ta’lim yo‘nalishlari va shakllari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

O`zMU Axborot xizmati