Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Xorijiy davlat mustaqil izlanuvchisi amalga oshirgan ilmiy-tadqiqot ishlari boʼyicha ishchi yigʼilish

Joriy yilning 3 iyun kuni Saudiya Аrabiston Qirolligi fuqarosi, OʼzMU Jurnalistika fakulteti mustaqil izlanuvchisi Rashed Аyed R. Аl Xarbi falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasini himoya qilish uchun amalga oshirilgan ishlar boʼyicha ishchi yigʼilish boʼlib oʼtdi. Mazkur uchrashuvda Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor Raima Shirinova, xorijiy talabalar bilan ishlash boʼlimi, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʼlimlari hamda tadqiqotchining ilmiy rahbari Shavkat Ibragimov ishtirok etishdi. Ishchi yigʼilishda himoyaning keyingi jarayonlari toʼgʼrisida masalalar muhokama qilindi. Bugungi kunda universitetda chet ellik 40 dan ortiq mustaqil tadqiqotchi OʼzMU professorlari rahbarligida ilmiy ishini olib bormoqda.

Xalqaro aloqalar bo'limi