Xorijiy mustaqil tadqiqotchilar soni ortmoqda

Frantsiya Respublikasi fuqarosi, Bordo universiteti bititruvchisi Markombe Аnne Sharlotte Xalqaro aloqalar boʼlimiga xorijiy mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy faoliyat olib borish uchun murojaat qilgan edi. Bugun, 24 iyun kuni Аnne Sharlottega rahbar tayinlash va hujjatlarni rasmiylashtirishga bagʼishlagan uchrashuv boʼlib oʼtdi unda iqtisodiyot fakulteti dekani Аbduvahob Umarov hamda iqtisod fanlari doktori Begzod Tagaevlar ham ishtirok etishdi. Аnne Sharlotte Begzod Tagaev va frantsuz olimi rahbarligida yaʼni ikki olim rahbarligida tadqiqot olib borishi va dissertatsiyasini OʼzMUda mavjud ixtisoslashgan kengashda himoya qilishini aytib oʼtdi. Maʼlumot oʼrnida bugungi kunda OʼzMUda Xitoy, Koreya, Turkiya, Saudiya Аrabiston Qirolligi, Rossiya, Qozoqiston, Qirgʼiziston davlatlaridan yosh tadqiqotchilar universitet olimlari rahbarligida tadqiqot olib bormoqdalar.



Xalqaro aloqalar bo'limi