Xorijiy mutaxassis tashrifi!

Bugungi kunda, yurtimiz vakillari Olimpiya, Jahon va Osiyo o'yinlari hamda nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishib kelmoqdalar. Jumladan, respublikamizda Taekvondo (WT) sport turi jadal ravishda rivojlanib, yoshlar o'rtasida yanada ommalashib borayotgani ayniqsa e'tiborlidir.



2022 yil 28-sentabr kuni O'zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti raxbariyatining taklifiga binoan, Eron islom respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustasi, Taekvondo sport turi bo'yicha Eron islom respublikasi yoshlar terma jamoasi murabbiyi Ehson Norouzali fakultetning iqtidorli-sportchi talabalari ishtirokida 2022 yilning dekabr oyida o'tkaziladigan “O'zbekiston chempionati”ga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida mahorat mashg'uloti tashkil etildi. Mahorat mashg'uloti jarayonida sportchi-talabalarga Taekvondo sport turining o'ziga xos texnik-taktik harakatlarini moxirona bajarishga qaratilganligi bilan qiziqarli bo'ldi.
O'zMU Axborot xizmati