Xorijiy OTMlar bilan talabalar akademik almashinuvi

Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetining xorijiy OTMlar bilan talabalar akademik almashinuv doirasida aloqalarni rivojlantirish borasida Xorijiy talabalar bilan ishlash boʼlimi tomonidan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 10 mayidan Qirgʼiziston Respublikasi Osh Davlat universitetining 19 nafar talabalari OʼzMUning Xorijiy filologiya, Аmaliy matematika va intellektual texnologiyalar, Jurnalistika, Iqtisodiyot va Ijtimoiy fanlar fakultetlarida stajirovka oʼtashdi.
Stajirovka davomida, oʼquv mashgʼulotlaridan tashqari, OshDU talabalari universitetda boʼlib oʼtgan Yoshlar festivalida milliy raqs, qoʼshiq, sheʼr va taomlar namoyishi bilan ishtirok etishdi, ekskursiyalar tashkil etildi. Mazkur stajirovka yakuni boʼyicha OshDU talabalariga maxsus sertifikat taqdim etildi.


Xalqaro aloqalar bo'limi