Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

QOZON FEDERAL UNIVERSITETI DELEGATSIYaSI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETIGA TAShRIF BUYuRDI

Bugun, 11 oktabr kuni Qozon Federal universiteti rektori Safin Lenar Rinatovich boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuv chog‘ida hamkorlik aloqalarini yana kengaytirish xususan, ilmiy hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish xususida fikrlar almashildi.

Shu bilan birga joriy yilning 25-26 oktabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchinchi O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi doirasida yangi, o‘zaro manfaatli bo‘lgan yo‘nalishlarda hamkorlik o‘rnatish maqsadga muvofiqligi ta’kidlab o‘tildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Milliy universiteti bazasida Qayum Nasiri hamda Qozon Federal universiteti bazasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi ilmiy-ta’limiy markazlarni tashkil etishga kelishib olindi. Shuningdek, ilmiy tadqiqot yo‘nalishida qo‘shma ilmiy markazlar ochish borasida ham fikrlar yuritildi.

Xalqaro aloqalar bo'limi