Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Turkiyalik tadqiqotchi xalqaro boʼlim qoshidagi maslahat kengashiga hisobot berdi

Bugungi kunda Oʼzbekiston Milliy universitetida tahsil olayotgan xorijlik tadqiqotchilar oʼz ilmiy ishlarini yakuniy bosqichiga yetib keldilar. Turkiya Respublikasi fuqarosi, Ijtimoiy fanlar fakulteti mustaqil izlanuvchisi Evni Engin falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasini himoya qilish uchun amalga oshirilgan ishlar boʼyicha xalqaro boʼlim qoshidagi maslahat kengashiga hisobot berdi.
Tadqiqotchiga himoya bosqichlari borasida Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor R.Shirinova, tashqari Xorijiy talabalar bilan ishlash boʼlimi, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʼlimi xodimlari oʼzlarining koʼrsatmalarini berib, himoya uchun mavjud hujjatlarini rasmiylashtirishni tushuntirdilar. Bugungi kunda OʼzMUda turli xorijiy davlatlardan 40 dan ortiq mustaqil tadqiqotchilari universitet professorlari rahbarligida ilmiy ishlarini olib bormoqdalar.

Xalqaro aloqalar bo'limi