Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Xorijlik talabalar bilan uchrashuv

Bugun, 28 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetining xalqaro bo‘limida universitetga qabul qilingan va talabalar yotoqxonasiga joylashtirilgan talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bo‘lim tomonidan xorijiy talabalar bilan yo‘nalishlar kesimida uchrashuvlar tashkil qilinmoqda va ularga universitetda o‘quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil etilganligi, universitetning ichki tartiblari, to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Mazkur uchrashuvda yotoqxona uchun masʼul xodimlar ham taklif qilindi va ular birinchi kurs talabalariga yotoqxonada yashash tartiblari to‘g‘risida qo‘shimcha maʼlumotlar berdilar.

Shuningdek, 1 kurs talabalariga universitet madaniy tadbirlarida faol qatnashish, ular uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishlarda to‘garaklar tashkil qilish borasida takliflar bilan xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limiga murojaat qilishlari aytib o‘tildi. Ayniqsa, jurnalistika fakultetida o‘qiydigan xorijiy talabalarga universitet faoliyati, talabalar qiziqishlari va boshqa turli xil mavzularda videoroliklar tayyorlash borasida faol va ijodkor bo‘lishlari bildirildi.

Xalqaro aloqalar bo'limi