Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Xorijlik abiturientlarni o'qishga qabul qilish imtihoni bo'lib o'tdi

Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetiga 2022-2023 oʼquv yilida tahsil olish uchun 60dan ziyod Аmerika, Madgaskar, Nigeriya, Xitoy, Rossiya, Qozogʼiston, Tojikiston, Qirgʼiziston va Turkmaniston fuqarolaridan arizalar tushdi va joriy yilning 17 avgust kuni mazkur xorijiy abiturientlarning 1-guruhi uchun suhbat tashkil etildi.
Suhbat Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor, Xorijiy fuqarolarni qabul qilish uchun suhbatlar oʼtkazish boʼyicha Maxsus komissiya boshchiligida boʼlib oʼtib, ushbu suhbatda Xorijiy filologiya fakultetida oʼqish uchun talabgor xorijiy fuqarolar ishtirok etishdi.

Xalqaro aloqalar bo'limi