Xush xabar!!

2022 yilning 10-11 may kunlari "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universitetida "Barqaror rivojlanish maqsadlari" doirasida mintaqaviy olimpiadaning milliy bosqichi bolib òtdi. Olimpiadaning "Suv resurslarini integrallashgan holda boshqarish va ladshaftlar boshqaruvi" yo'nalishi bo'yicha qatnashgan O'zMU Gidrometeorologiya fakulteti Gidrologiya yo'nalishi 3-kurs talabasi Xolmatov Abduhalil faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi va olimpiadaning mintaqaviy bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi!
Endi talabamiz Germaniya va Qozog'iston qo’shma universitetidagi final bosqichida qatnashadi.
Olimpiadada fakultet talabalari Yarashev Darxon, Zulpixorov Gabit va Imomnazarov Farruh faol ishtirok etishdi.
Talabamizga final bosqichida ishonchli g’alabani qo’lga kiritishini tilab qolamiz.
O`zMU Axborot xizmati