Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Xush xabar!

Gidrometeorologiya fakultetining zukko talabalari Xolmatov Abduxalil, Imamnazarov Farrux, Abduraxmonov Murodjondan tashkil topgan “Hydro NUUz” jamoasi joriy  yilning 25-26 aprel kunlari Qozog’istoning Nur-Sultan shahri mezbonlik qilgan Gidrologiya fanidan III talabalar xalqaro fan olimpiadasida munosib ishtirok etib umum jamoa hisobida ikkinchi o’rinni egalladi. Fakultetimiz jamoasi nomidan g’olib talabalarni va ularning ustozlarini chin dildan tabriklaymiz va yutuqlari davomiy bo’lishini tilab qolamiz.

OʻzMU Axborot xizmati