Yaponiyalik olim Ueda Akira “Antropologiya va etnologiya” kafedrasining 1-3 kurs bakalavriat va magistratura talabalariga “ Markaziy Osiyo xalqlarini o‘rganishda zamonaviy yondoshuvlar va IT texnologiyalarini antropologiya va etnologiyada qo‘llash” mavzusida master-klass darslarini o‘tmoqda.

Oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar O‘zbekiston Milliy universitetida keng miqyosda olib borilmoqda.
O‘zbekiston Milliy universitetining yosh kafedralaridan bo‘lmish “Antropologiya va etnologiya” kafedrasi xalqaro hamkorlik doirasida bir qancha amaliy ishlarni olib bormoqda. Jumladan, kafedraga mustaqil ta’lim soatlari doirasida jamoatchilik asosida ishga qabul qilingan Yaponiyalik antropolog, tarixchi olim Ueda Akira bilan 2022 yil 6 sentyabr kuni antropologiya va etnologiya ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalariga Ijtimoiy antropologiya fani mavzulari doirasida Markaziy Osiyo xalqlarini o‘rganishda zamonaviy yondoshuvlar, tarixda aholining ijtimoiy va xo‘jalik munosabatlaridagi yashash tarzini tadqiq etishda Vizual antropologiya va GIS texnologiyasi metodlarini qo‘llashning ilmiy – amaliy ahamiyatiga doir master klass darslarni o‘tdi. Ushbu mashg‘ulotning oflayn tarzida auditoriyada o‘tkazilishi talabalarda mutaxassislikka oid kompetensiyalarni shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

