Yaponiyaning Teikyo universiteti professori Toshexisa Ueda O‘zMUga tashrif buyurdi

Bugun, 1 noyabr kuni Yaponiyaning Teykyo universiteti professori Toshexisa Ueda O‘zMUga tashrif buyurdi. Uchrashuv chog‘ida joriy yil ikkala universitet o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlik aloqalarini faollashtirish xususida gap bordi. Professor Ueda Teykyo universiteti faoliyati bilan batafsil tanishtirib, fizika, kimyo, iqtisodiyot, huquq kabi yo‘nalishlarda ham hamkorlikni rivojlantirish mumkinligini taʼkidlab o‘tdi.
Shu bilan birga Yaponiyalik yoshlar xorijiy davlatlarga chiqishga qiziqishi katta ekanligini va O‘zMU tomonidan tashkil etilidigan tadbirlar va yozgi maktablarda faol qatnashishlariga ishonchi komil ekanligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida professor Ueda 3 noyabr kuni tashkil etiladigan maʼruzaga O‘zMUning fizika yo‘nalishi talabalarini ham taklif etdi.



Xalqaro aloqalar bo'limi