Yaxshilik albatta qaytadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-348-son Qarorida vazirlikka belgilangan topshiriqlar hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 24-noyabrdagi 4/18-1/3-115-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida fakultetlar kesimida talabalar oʻrtasida qon donorligi boʻyicha tushuntirish ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda ko‘makka muhtoj va o‘z dardiga shifo istab intizor yotgan ko‘plab insonlarni hayotga qaytarish va savobli ishga hissa qo‘shish maqsadida joriy yilning 12-15-dekabr kunlari “Yaxshilik albatta qaytadi” shiori ostida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va universitetga qarashli Harbiy o‘quv tayyorgarlik markazida Oʻzbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika qon quyish markazi bilan hamkorlikda Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida mehr-oqibat va ezgulikni yorqin na’munasi hisoblanmish beg‘araz qon topshirish aksiyasi o‘tkazildi. Mazkur aksiyada ixtiyoriylik asosida 150 nafarga yaqin talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Respublika qon quyish markazi bilan universitetda hamkorlikda o‘tkazilgan beg‘araz qon donorligi aksiyasida talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtiroki ta’minlanib, ixtiyoriylik asosida ishtirok etganligi uchun joriy yilning 17-dekabr kuni qon quyish markazi tomonidan Universitet rektori nomiga 01/04/722-raqami bilan minnatdorchilik xati kelib tushgan.
Qon topshirish inson organizmiga foydali hisoblanib, bu qon hujayralarini yangilanishiga, qon tarkibiy qismini faollashtirishga, qon-tomir tizimi kasalliklarini oldini olishga yordam beradi.


