Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Yevropa universitetlari tajribasini o‘rganishga qaratilgan safar

Joriy yilning 07-13 iyun kunlari Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova Ispaniya Qirolligining Sevilya shahrida joylashgan Sevilya universitetida "International Staff training Week" xalqaro tadbirida ishtirok etdi. Mazkur tadbirda O‘zMU vakillari bilan bir qatorda dunyoning 10 dan oshiq davlatlaridan 60 nafar xalqaro aloqalar bo‘limi xodimlari va talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirning asosiy maqsadi universitetni xalqarolashtirish, akademik mobillikni oshirish, xalqaro akademik aloqalarni kengaytirish va Yevropa universitetlari tajribasini ommalashtirishdan iborat.
Safar davomida O‘zMU va Sevilya universiteti bilan hamkorlik aloqalarni rivojlantirish, Yevropa universitetlari bilan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchi va talabalar akademik almashinuvini kengaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi hamda Yevropa universitetlarini xalqaro reytingdagi yutuqlari va tajribasi o‘rganildi.
Shuningdek, O‘zMU va Sevilya universiteti o‘rtasidagi xalqaro aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
(Ma’lumot uchun: University of Seville – QS by Subject Rankings xalqaro reytingida 551-560 o‘rinda turadi).

Xalqaro aloqalar bo'limi