Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda! Qutlug` sanaga oz qoldi!

“Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” respublika tanlovining universitet bosqichi bo`lib o`tdi

Talaba-yoshlarni san'atga muhabbat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarga o'z iqtidorlarini namoyish etish uchun sharoit yaratib berish maqsadida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlar agentligi bilan hamkorlikda “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” Respublika tanlovi har yili bahor oylari o'tkazib kelinmoqda.
Joriy yilning 18-aprel kuni Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” Respublika tanlovining universitet bosqichi bo'lib o'tdi. Unda fakultetlardan ishtirok etish istagini bildirgan talaba-yoshlardan iborat jamoalar o'zlarining sahnalashtirilgan badiiy chiqishlari bilan faol ishtirok etdi va hakamlar hay'ati tomonidan e'tirof etildi. Tanlovda faol ishtirok etgan Xorijiy filologiya fakultetining "Ibrat" jamoasi va Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti talaba-yoshlaridan iborat jamoalar munosib taqdirlandi.
Eslatib o'tamiz, “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” Respublika tanlovining 2-hududiy saralash bosqichi joriy yilning 25-26-aprel kunlari O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining teatr binosida bo'lib o'tadi.

O’zMU Axborot xizmati