“Yosh biokimyogarlar” to‘garagining navbatdagi yig‘ilishi universitetga qarashli 18-sonli Talabalar turar joyida o‘tkazildi

Bugun, 20-dekabr kuni Biologiya fakulteti “Biokimyo” kafedrasi "Yosh biokimyogarlar" to‘garagining navbatdagi yig‘ilishi universitetga qarashli 18-sonli Talabalar turar joyida o‘tkazildi. Ma’ruzachi “Biokimyo” kafedrasi katta o‘qituvchisi PhD, M.X.Yunusova tomonidan GLAS preparatining strukturasi, ta’sir xususiyatlari, qon ivish jarayoni, unga ta’sir etuvchi preparat to‘g‘risida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, agregatsiya jarayoni va trombotsitlarning funksional faolligi va funksional holati to‘g‘risida ham eksperimental ma’lumotlar berib o‘tildi. Seminarda “Biokimyo” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, yosh olimlar, talabalar turar joyidagi bakalavr hamda magistr talabalar qatnashdi. Seminar qiziqarli va savol javoblar asosida olib borildi.



OʻzMU Axborot xizmati