Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Yozgi maktab

“O‘zbekiston – bag‘rikenglik mamlakati” xalqaro yozgi maktabi

O‘zbekiston Milliy universiteti 2022-yil 18-iyuldan 27-iyulgacha O‘zMUda bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston – bag‘rikenglik mamlakati” xalqaro yozgi maktabiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini e’lon qiladi.

Ushbu maktabning maqsadi boy tarixiy va madaniy merosga ega muhitga sho‘ng‘ish, ushbu soha mutaxassislari tomonidan olib boriladigan mashg‘ulotlarda qatnashish, mahorat darslarida qatnashish, shuningdek, Markaziy Osiyoning eng go‘zal va qadimiy shaharlaridan biri – Buxoro shahriga tashrif buyurish orqali O‘zbekiston madaniyati va tarixi haqida bilim va g‘oyalarni shakllantirishdan iborat.

Kunning birinchi yarmi loyihaning nazariy qismiga bag‘ishlanadi, tushdan keyin esa ma’ruza mavzusi bilan bog‘liq madaniy sho‘ng‘in va mahorat darslari, sayohatlar va diqqatga sazovor joylarga ekskursiyalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Turar joy, ovqatlanish va Buxoro shahriga borish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan qoplanadi. Maktab ishtirokchilari O‘zbekiston (Toshkent)ga kelish va ketish, tibbiy sug‘urta, O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek, madaniyat maskanlariga (muzeylar, majmualar va boshqalar) kirish chiptalari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashlari kerak bo‘ladi.

Ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirishning oxirgi muddati: 2022-yil 1-iyul.

Ushbu yozgi maktab asosan Tarix fakulteti yoki Madaniyatshunoslik fakulteti talabalari uchun moʻljallangan boʻlishiga qaramay, Oʻzbekiston tarixi va madaniyatiga qiziquvchi har qanday talaba unda qatnashish uchun ariza topshirishi mumkin. Buklet, dastur, shuningdek, ushbu maktabda qatnashish uchun anketa bilan quyidagi fayllarda tanishishingiz mumkin.

Anketa

Broshyura

Dastur