Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Yozgi maktabning yakuni

O’zbekiston Milliy universiteti huzurida tashkil etilgan yozgi maktabning yopilish marosimi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Tomsk milliy tadqiqot davlat universiteti, "Iqtisodiyot oliy maktabi" milliy tadqiqot davlat universiteti, "Iqtisodiyot oliy maktabi" milliy tadqiqot davlat universiteti Sank-Peterburg filiali, Belarus davlat universiteti va L.N.Gumulev nomidagi Yevrosiyo davlat universiteti talabalari ishtirok etib, bir hafta davomida olgan bilim va taassurotlari to’g’risidagi fikr-mulohazalarini bildirib o’tishdi.
Har bir universitet vakili o’zining oliygohi haqida yozgi maktab ishtirokchilari uchun taqdimot qilib berdi. Shuningdek, hafta davomida o’rganilgan bilimlar tahlil etildi. O’zbekistonning bag’rikenglik, qadriyatlar uyg’unligi, arxitektura, ta’lim, milliy taomlar va zamonaviylik borasidagi xususiyatlari xorijlik talabalar nigohida ochib berildi. Yoshlar yozgi maktab va uning tashkiliy jarayonlari to’g’risida ijobiy fikrlarini bildirib, mazkur maktabni tashkil etganlardan va universitet rahbariyatidan minnatdor ekanliklarini ta’kidlashdi.
Yig’ilish yakunida tashrif buyuruvchi talabalarga sertifikat va estalik sovg’alari topshirildi.

Xalqaro aloqalar bo'limi