Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

«Zakovat» intellektual oʻyinining yakuniy bosqichi oʻz nihoyasiga yetdi

O’zMUga qarashli 4-sonli TTJ da tarbiyachi-pedagogi Y.Baratova va Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha beshta muhim tashabbusi koordinatori, fakultet Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi M.Orziqulov, Zakovat oliy liga qatnashchisi 3-bosqich talabasi M. Mirzaraxmatova bilan birgalikda talabalar turar joyida yashovchi talabalarni boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida va ularni intellektual bilimlarini oshirish uchun an’anaviy tarzda navbatdagi oʻtkazilgan "Zakovat" intellektual oʻyinining yakuniy bosqichi qizg’in muhokamalarga boy boʻlib oʻtdi. Bunda finalga quyidagi jamoalar barcha bosqichlardan yuqori ballni
qoʻlga kiritdi:

  1. “Intellektuals” jamoasi;
  2. “Renessans” jamoasi;
  3. “Evrika" jamoasi;
  4. “Inteligent” jamoasi;
  5. “Qabiladoshlar” jamoasi.

Shuningdek, ushbu jamoalar final bosqichida oʻzaro barcha bilimlarini jamlab bellashdilar.

OʻzMU Axborot xizmati