Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Zalsburg universiteti bilan hamkorlikni kengaytirish

Erasmus+ K107 (Mobility for learners and staff – Higher education student and staff mobility) dasturi doirasida Avstriyaning Zalsburg universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasidagi 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan universitetlararo kelishuv shartnomasiga muvofiq Avstriyaning Zalsburg universiteti doktori Dr. Sabine Friederike Hennig O‘zMU ga tashrif buyurdi. Dr. Sabine Friederike Hennig Geografiya va tabiiy resurslar fakultetida 2022 yil 13 iyulidan 2022 yil 25 iyuligacha Geodeziya, kartografiya va kadastr yo‘nalishi 3-kurs talabalariga “Geoinformatika va fazoviy tahlil” mavzusi bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boradi.
Shu bilan birga tashrif davomida Zalsburg universiteti va O‘zMU o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

Xalqaro aloqalar bo'limi