“Zamonaviy Oʻzbekiston: an’analar, madaniyat va identiklik” mavzusida ingliz tilida ochiq ma’ruza tashkil etildi



Bugun Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy unversiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Falsafa va mantiq” kafedrasi mudiri, f.f.d., prof Sh.O.Madayeva Yevropa Ittifoqining "ERASMUS+ Teaching Mobility KA107" loyihasi doirasida Slovakiyaning Konstantin Filosof universitetidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etmoqda.
Mazkur anjumanda ijtimoiy-gumanitar fanlarning zamonaviy metodologiyasi, IT vositasida o‘qitish metodikasi, istiqboli yuzasidan hamkorlik olib bormorish xususida davra suhbati tashkil qilindi. Shuningdek, oʻzaro hamkorlik istiqbollari doirasida Nitra Konstantin Filosof universiteti xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori, doktor Martina Pavlikova, loyiha koordinatori proffesor Zdenka Gadusova, Trnava Kirill hamda Mefodiy universiteti rektori professor Katarina Povakovalar bilan uchrashuv va qizg‘in muzokaralar boʻlib oʻtdi.
Shu jumladan, Sh.O.Madayeva tomonidan dastur doirasida ingliz tilida bir qancha "Falsafa” va “Madaniyatshunoslik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va magistrant talabalari uchun "Zamonaviy O‘zbekiston: an’analar, madaniyat va identiklik” mavzusida maʼruzalar olib borildi.
O‘zMU Axborot xizmati