Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Tarixiy joylarga ekskursiya

Xabaringiz bor, noyabr oyi boshida Qirg‘iziston Respublikasining Osh davlat universitetidan akademik mobillik dasturi doirasida 20 nafar talabalar O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya, Kimyo, Tarix, Iqtisodiyot va Jurnalistika fakultetlariga o‘qishga keldilar. Talabalar universitetdan ta’lim olish bilan birgalikda, respublikamizning tarixiy joylari, urf-odat va qadriyatlarini aks ettiruvchi joylarga ham ekskursiyalar tashkil qilinmoqda. Shu munosabat bilan, universitetning Xalqaro talabalar bilan ishlash bo‘limi boshchiligida talabalar Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Ko‘kaldosh madrasasi kabi madaniy va tarixiy obidalar bilan tanishdilar. 

O‘zMU Axborot xizmati