Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

29-sentabr kuni Ijtimoiy fanlar fakulteti jamoasi ishtirokida “Talabalikka bag’ishlov” tantanali tadbiri o‘tkazildi.

Unda fakultetning birinchi bosqich talabalari ishtirok etdi va talabalik safiga qabul qilinganligi munosabati bilan “Talabalik qasamyodi”ni qabul qilishdi.

Fakultet rahbariyati tomonidan an’anaga muvofiq birinchi bosqich talabalariga ramziy talabalik guvohnomasi va reyting daftarchasi topshirildi.

Talabalarga vazirlik, universitet va fakultet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari tanishtirib o‘tildi.

Tadbirning rasmiy qismi mehmon san’atkorlar va iqtidorli talabalarning ijodiy chiqishlaridan iborat konsert dasturiga ulandi.