Men, tarixchi professor sifatida, O’zbekiston Milliy universitieti Tarix fakultetiga tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘ldim va bu yerda amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar meni chuqur hayratda qoldirdi. Universitetning tarix yo‘nalishidagi tadqiqotlari, qo‘lyozmalar va arxiv hujjatlari bilan ishlash uslublari juda samarali tashkil etilgan. Talabalar va professor-o‘qituvchilarning ilmga bo‘lgan ishtiyoqi, tarixiy jarayonlarni chuqur tahlil qilishga intilishi tahsinga loyiq. Kelgusida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va ilmiy tajriba almashishdan mamnun bo‘laman.
Men, Rustam Urinboyev, QS xalqaro reytingida 75-o‘rinda turuvchi Shvetsiyaning Lund Universiteti professoriman. O‘zbekiston Milliy Universitetining Ijtimoiy fanlar fakulteti Huquqiy fanlar kafedrasi bilan yaqindan hamkorlik qilmoqdamiz. Umid qilamanki, universitetda SCOPUS maqolalarini qanday sifatli va yaxshi yozish bo‘yicha o‘tkazilgan seminar professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun foydali bo‘ldi.
Men Zafar Muhammad, Botanika va genetika kafedrasida Genetika asoslari bo’yicha seminar o’tkazish imkoniyatiga ega bo’ldim. Bu seminar juda ham foydali bo’ldi va men talabalarimning tartibli, va hurmatli yondashuvidan menda ijobiy fikr qoldirdi. Maqsadim universitetlarimiz o’rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish va kelajakdagi imkoniyatlarni maksimal darajada oshirishdir. Shuningdek, universitetning akademik xodimlari bilan mashg’ulotlar orqali doimiy aloqada bo’lib, ularning bilimlaridan ham bahramand bo’ldim. Fakultetning Genetika, Botanika va Iqlim o’zgarishlari sohasida katta yutuqlarga erishyotganligi sir emasligi aniq namoyon bo’ldi.
Men, Erkin Kurganov O’zbekiston Milliy Universiteti Biologiya va ekologiya fakulteti, Biokimyo kafedrasiga tashrif buyurib, u yerdagi ilmiy va akademik muhitdan chuqur taassurot oldim. Talabalar va professor-o‘qituvchilar biologiya faniga bo‘lgan qiziqishlari va ilmiy izlanishlarga bo‘lgan intilishlari bilan meni hayratda qoldirdi. Laboratoriya jihozlari va tadqiqot usullari zamonaviy talablar asosida tashkil etilgani e’tiborga molik. O‘tkazilgan seminarlar davomida ilmiy tajriba almashish imkoniyati katta bo‘ldi va bu hamkorlik kelajakda yanada rivojlanishiga ishonaman. Universitetning biologiya sohasidagi yutuqlari hamda ekologiya va genetika bo‘yicha olib borayotgan tadqiqotlari tahsinga loyiq.
Men Al-Farobiy nomidagi Qozog’iston Milliy universitetidan O’zbekiston Milliy Universitetiga akademik tashrif buyurish orqali fakultet a’zolari va talabalari bo’lgan muloqotlarda o’zaro tajriba va bilim almashishga imkoniyatiga sazovor bo’ldim.
MenO’zbekiston Milliy Universitetiga uyushtirgan akademik tashrifimdan so’ng shuni faxmlamiki fakutetklararo tajriba, bilim va ko’nikma almashinish juda muhim hisoblanadi.
Mening Geologiya va muhandislik geologiyasi fakultetiga uyushtirilgan amaliy sayohatimdan keyin bir jihatni fahmladimki talabalar va professor o’qituvchilarning sohaga bo’lgan tirishqoqliklari menda illiq tasurot qoldirdi.
Men Dushanbedagi M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti filialidan O’zbekiston Milliy Universitetiga yaqin akademik aloqalar o’rnatish uchun tashrif buyurdim. Ushbu muassasaga tashrifim davomida mineral resurslarni qidirish va tahlil qilish metodlari bo’yicha seminar o’tkazdim.
Men O’zbekiston Milliy Universitetida Geologiya va muhandislik geologiyasi fakultetida O’zbekistonning mineral resurslar salohiyati bo’yicha seminar taqdim etdim. Ohirgi yillar davomida universitet fakulteti bilan seminarlar, darslar va amaliyotlar o’tkazib, bunday malakali mutaxassislar bilan hamkorlik qilish imkoniyatidan minnatdorman.
Dushanbedagi Lomonosov Universiteti filialida professor vakil bo’lib men Oʻzbekiston Milliy Universiteti bilan mustahkam akademik aloqalarni hamkasbalrimiz bilan birga o’rnatmoqdamiz. Soʻnggi tashrifim davomida men mintaqaviy geologiya boʻyicha seminar oʻtkazdim. Universitet professor-oʻqituvchilari bilan ma’ruzalar, seminarlar mashgʻulotlari orqali hamkorligimiz davom etib kelinyotganligi quvonarli xol.
Taekvondo va sport faoliyati bilan bo‘lgan yaqin hamkorligimizdan so‘ng shuni tushunib yetdimki, nafaqat jismoniy tarbiya, balki talabalarining fikrlash qobiliyati ham ularning aqliy yetukligi va salomatligini ifodalaydi.
O’zbeksiton Milliy Universiteti, Taekvondo va sport faoliyati fakultetida talabalarning faol ishtiroki va sportga bo‘lgan qiziqishi meni juda ilhomlantirdi. Universitet sport infratuzilmasi zamonaviy talablarga javob berar ekan, bu esa talabalar uchun qulay sharoit yaratib beradi. O‘qituvchilarning professional yondashuvi va innovatsion usullardan foydalanishi ta’lim sifati yuqori ekanini ko‘rsatdi. Ushbu tajriba men uchun juda foydali bo‘ldi va kelajakda ilmiy hamkorlik qilish imkoniyatlaridan mamnun bo‘laman.
O’zbeksiton Milliy Universiteti, Taekvondo va sport faoliyati fakultetida, O‘qituvchilar va murabbiylarning yondashuvi juda professional bo‘lib, ular nafaqat sport natijalariga, balki talabalar salomatligiga ham alohida e’tibor berishmoqda. Bu tajriba men uchun juda qiziqarli va foydali bo‘ldi, va kelajakda hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishni xohlayman.
Men, Mustafaev Ispandiyar, O’zbekiston Milliy universitetga tashrif buyurib, u yerda sport va jismoniy tarbiya sohasida olib borilayotgan ishlarni kuzatdim. Universitet talabalarning jismoniy faolligini oshirishga katta e’tibor qaratayotganini ko‘rib, juda xursand bo‘ldim. Sport inshootlari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, talabalar uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
Men Taekvondo va sport faoliyati bilan yaqin va samarali akademik munosabatlar o’rnatganligimizdan benihoyat xursandman. Tashkil qilingan seminar va amaliy mashg’ulotlar ikki univeristet orasiagi aloqalarni yaxshilashga o’z xissasini qo’shishga ishonaman.
Taekvondo va sport faoliyati fakulteti xodimlari va talabalari jismoniy tarbiya sohasini rivojlantirishga bo‘lgan ishtiyoqini aniq namoyon etmoqda. Parij shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada va Paralimpiadada bir necha g‘oliblarning aynan shu fakultetdan yetishib chiqqanligi bunga yorqin misol bo‘la oladi.
O’zbekiston Milliy Universiteti jismoniy tarbiya sohasida katta yutuqlarga erishmoqda. Fakultet talaba va o’qituvchilarining bu sohani yanada rivojlantirish uchun qilayotgan urinishlarini ko’rib hayratda qoldim.