
🗣 Mazkur tashabbus universitetda tahsil olayotgan talabalarni ishga joylashishiga ko‘maklashish, ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada rivojlantirish, 2024-2025-o‘quv yili bitiruvchilarini ish joylariga samarali taqsimlash maqsadida tashkil etilmoqda.
⏺ Unda yurtimizdagi yetakchi mahalliy va xorijiy kompaniya vakillari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari hamda mahsulotlari bilan ishtirok etishi kutilmoqda.
✍️ Mehnat yarmarkasiga universitetning barcha talabalarini hamda O‘zMU bitiruvchilariga ehtiyoji mavjud bo‘lgan korxona va tashkilot vakillarini taklif etamiz.
⏰️ Sana & vaqti: 18-aprel, soat 10.00dan 16.00 ga qadar
📍 Manzil: Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi 4-uy.
🏡 Mo‘ljal: O‘zbekiston Milliy universitetining bosh maydoni