Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Magistrlik dissertatsiyalari himoyalari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Milliy universitetida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 2024/2025-o‘quv yili bitiruvchi talabalarining magistrlik dissertatsiyalari himoyalari bo‘lib o‘tmoqda.

Dissertatsiya ishlari mavzulari sohaning dolzarb va zamonaviy muammolariga bag‘ishlangan bo‘lib, bitiruvchilar ushbu ilmiy ishlarini o‘zbek, rus va ingliz tillarida himoya qilishmoqda.

Magistrantlar fakultetlar yetakchi professor-o‘qituvchilari, O‘zR FA institutlari olimlari va soha mutaxassislaridan iborat yakuniy davlat attestatsiya hay’ati tomonidan baholab borilmoqda.

Himoyalarning shaffof o‘tishi, talabalarning adolatli baholanishini ta’minlash maqsadida jarayonlar  live.nuu.uz sayti orqali onlayn translyatsiya qilinmoqda.

O‘zMU Axborot xizmati