Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O’zbekiston Milliy universitetiga biriktirilgan texnikumlar vakillari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi

Bugun, 2-iyul kuni tashkil etilgan yig’ilishda O’zbekiston Milliy universitetiga biriktirilgan Baxmal tuman 1-son politexnikumi, Bo‘stonliq tuman 1-son politexnikumi Parkent tuman politexnikumi, Chirchiq shahar politexnikumi, Chilonzor tuman 2-son politexnikumi, Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi direktorlari hamda ularning mas’ul o’rinbosarlari ishtirok etdi.

Majlis qatnashchilari bilan O’zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov  muloqot qildi. Qator masalalar muhokama qilib olindi. 

Jumladan, texnikumlar bilan uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, universitet kafedralari, o‘quv-uslubiy bo‘limlari va ilmiy markazlari tomonidan texnikumga uslubiy, ilmiy, texnologik va innovatsion yordam ko‘rsatish, professor-o‘qituvchilarni o‘rindoshlik asosida jalb etish, o‘quv-seminar, master-klass va boshqa tajriba almashinuvi tadbirlarini tashkil etish, xalqaro ta’lim dasturlari doirasida zamonaviy o‘quv adabiyotlar, elektron darsliklar hamda metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqishda ilmiy-pedagogik hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi. Tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ma’lumot o’rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-158-son Farmoniga ko‘ra, O’zbekiston Milliy universitetiga Baxmal tuman 1-son politexnikumi, Bo‘stonliq tuman 1-son politexnikumi, Parkent tuman politexnikumi, Chirchiq shahar politexnikumi, Chilonzor tuman 2-son politexnikumi hamda Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumlari biriktirilgan.

O’zMU Axborot xizmati