Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Universitet rahbariyati tomonidan TTJ va ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olindi

2025/2026-o‘quv yili davomida O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining talabalar turar joyi va ijara xonadonlariga tashriflari bo‘yicha reja-grafigiga muvofiq rektor va tegishli mas’ullarning talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga tashrifi amalga oshirildi.

Rektor Inom Madjidov 2- va 3-talabalar turar joylariga kelib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari hamda talabalarning yashash sharoitlari, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Universitet birinchi prorektori Jabbor Muhammadiyev hamda fakultet dekanlari Zafar Rahmonov, Komil Inakov Olmazor tumani “Universitet” hamda “Mirzo Gʻolib” mahallalarida joylashgan ijara xonadonlarida bo‘lib, talabalar bilan muloqot qilishdi.

Shuningdek, talabalar turar joyiga bo’lib, talabalarning yashash sharoitlari, ularning ta’lim olishi, dam olishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.

Talabalarga gaz va boshqa maishiy texnik vositalardan xavfsiz va to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha batafsil ko‘rsatmalar berildi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, texnik xavfsizlik qoidalari, xavf-xatarlarni bartaraf usullari va zarur choralar haqida puxta ma’lumotlar yetkazildi.

Suhbat davomida talabalarning kundalik hayotdagi qiziqishlari, duch kelayotgan muammolari, shuningdek, yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha taklif va mulohazalari tinglandi. Bu bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

 O‘zMU Axborot xizmati