Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Abadiyat adibiga bag‘ishlangan yubiley tantanasi

O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov she’ri hamda O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan madhiyamizda musaffo osmon, baxtli va farovon hayot, xalqimizning asriy orzulari, yorug‘ kelajakka bo’lgan mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Xalqimiz omon ekan, mustaqil yurtimiz yuksak taraqqiyot, buyuk kelajakni barpo etish yo‘lidan olg‘a intilaveradi. Bu qo‘shiq bizni ona Vatanimiz bilan faxrlanish, mustaqilligimizni mustahkamlash, bugungi kunimizning qadriga yetish, yangi marralarni zabt etishga doimiy undayveradi.
O’zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga hissa qo’shgan atoqli shoir, taniqli jamoat arbobi, O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi muallifi, O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning betakror ijodiy merosi, uning Vatanga muhabbat vafo va sadoqat tuyg’usini, olijanob insoniy fazilatlarni madh etgan yetuk badiiy asarlari, sermazmun hayoti va ijtimoiy faoliyatining xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o’rni va ahamiyatini inobatga olib hamda tavalludining 80 yilligini munosib nishonlash va xotirasini abadiylashtirish maqsadida rasmiy yubiley tantanasi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ommaviy tarzda ijro qilindi. Shundan so‘ng, Vatanni madh etuvchi badiiy chiqishlar, xususan, dilrabo kuy-qo‘shiqlar va jozibali raqslar ijro etildi.

O’zMU Axborot xizmati