O‘zbekiston Milliy universitetida “Yosh biokimyogarlar” klubining navbatdagi yig‘ilishi akademik va yoshlar uchrashuvi shaklida tashkil etildi.
O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti direktori, akademik Ravshan Sabirov bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Biologiya va ekologiya fakulteti Biokimyo va Biofizika kafedralarining professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilar, bakalavriat va magistrantlar, hamkor tashkilot vakillari hamda universitet qoshidagi Fizika-matematika maktabi o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida ishitrokchilarga hozirgi kunda olib borilayotgan zamonaviy ilmiy tadqiqot ishlari, jumladan, hujayra membranalarining tuzilishi, ulardan moddalarning o‘tishi hamda bu jarayonlarda ion kanallarining roli haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ion kanallarining turlari, ularga ta’sir qiluvchi birikmalar va bu birikmalarning tibbiyotda qo‘llanishi, bu borada olib borilayotgan xorijiy va respublika olimlarining ishlari to‘g‘risida so‘z bordi.
Uchrashuv qiziqarli savol-javoblar asosida olib borildi.
O‘zMU Axborot xizmati