Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi

U.E.Adambayev – Kafedra mudiri

100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

Bosh o‘quv binosi, A-409 xona

Tel.: (+998)-71-246-16-27

e-mail: u.adambaev@nuu.uz


Kafedra tarixi va faoliyati

Kafedra 1971 yilda Toshkent Davlat Universitetida “Amaliy matematika va mexanika” fakultetini tashkil topishi munosabati bilan, shu fakultet qoshida akademik N.Y.Satimov rahbarligida «EHMning matematik ta’minoti» (EHMMT) nomi bilan faoliyat boshlagan.

Fakultet va shu jumladan, EHMMT kafedrasi, o‘sha davrda Respublikamiz xalq xo‘jaligining turli sohalarida uchraydigan amaliy masalalarini modellashtirish va boshqaruv masalalarini kompyuter vositasida avtomatlashtirishni amalga oshiruvchi yuqori saviyali mutaxassislarni tayyorlashni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ygan.

1992 yildan boshlab kafedra «Hisoblash va avtomatlashtirilgan sistemalarning matematik ta’minoti», 2002 yildan «Programmalash texnologiyalari», 2005 yildan boshlab «Programmalash va tarmoq texnologiyalari» nomi bilan faoliyat olib borgan, 2016 yildan boshlab «Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari» nomini olgan.

O‘tgan yillar mobaynida kafedraga rahbarlik qildilar:

1971-1972 yy. ,f.-m.f.d., prof. N.Y.Satimov,

1972-1997 yy., f.-m.f.d., prof. B.Kurmanbaev,

1998-2010 yy., f.-m.f.d., prof. A.A.Xaldjigitov,

2010-2016 yy, f.-m.f.n., dots. Sh.F.Madraximov,

2016-2017 yy, t.f.n., dotsent A.X.Ishmuxamedov,

2017-2022 yy, t.f.d., dotsent Sh.F.Madraximov,

2023 yildan ayni paytgacha f.-m.f.n. dots. U.E.Adambayev rahbarlik qilib kelmoqda.

Shu davrgacha kafedrada yuqori ilmiy daraja va unvonga ega mutaxassislar tayyorlangan, xususan fan doktorlari B.Qurmanbaev, I.Mirzaev, U.Y.Yuldashev, A.A.Xaldjigitov, N.A.Ignatev, A.M.Polatov, Sh.F.Madraximovlar va fan nomzodlari  M.X.Xakimov, T.T.Imamov, S.M.Gaynazarov, A.M. Ikramov, U.E. Adambaevlar, PhD D.Y. Saidov, Q.Xudoyberganov, Y.S.Yusupov, B. Haytqulovlar yеtishib chiqqan.

Shu kungacha kafedra tomonidan minglab dasturiy ta’minot yaratuvchi mutaxassislar tayyorlangan. Ular davlat tashkilotlarida, banklar va firmalarda IT mutaxassisi sifatida samarali faoliyat olib bormoqdalar. Kafedra bitiruvchilarining aksariyati pedagogik faoliyat va ilmiy tadqiqot ishlari bilan mashg‘ul va ular orasida ko‘plab fan nomzodli va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar bor. Ular qatorida f-m.f.d., professorlar Sh.U.Nazirov, K.S.Fayazov, M.Tuxtasinov, I.Mirzaevlarni sanab o‘tishimiz mumkin.

Kafedra iqtidorli bitiruvchilarining aksariyati pedagogik faoliyat va ilmiy tadqiqot ishlari bilan mashg’ul va ular orasida ko‘plab fan nomzodlari va doktorlari etishib chiqqan. Ular qatorida quyidagilarni sanab o‘tishimiz mumkin: f-m.f.d K.S.Fayazov, f-m.f.d. M.Tuxtasinov, f-m.f.d. Sh.U.Nazirov va boshqalar.

Mazkur kafedrada ilmiy-pedagogik faoliyat olib borgan professorlar: I.Mirzaev, U.Yuldashev, B.F.Abduraximov, N.A.Ignatev, Sh.F.Madraximov, dotsentlar: V.B.Buzrukxonov, M.Ikromov, A.Sattorov, T.Imomov, T.Azlarov, N.R.Kadirova, A.A.Abduqodirovlarni faxr bilan qayd etish mumkin.


Kafedraning o‘quv faoliyati

Hozirgi kunda Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasida f.-m.f.d., prof. A.M.Polatov, kafedra f.-m.f.n., dots. U.E.Adambaev, f.-m.f.n., dots. Gaynazarov, t.f.n., prof. M.X.Hakimov, t.f.d., dots. Ismoilov, f.-m.f.n., S.I.Pulatov, f.-m.f.n., dots. A.M.Ikramov, dots. T.A.Maxarov, PhD Yu.Yusupov, katta o‘qituvchilar N.Latipov, N.Karimov, D.Nigmanova, R.Muxammadiyev, R.Baxramov, E.Navruzov o‘qituvchilar A.Toshpo‘latov, Sh.Raximbaeva, Z.Abdujabborov, M.Murodillayev, doktorantlar Sh.Sapaev, S.Jumaniyozov, V.Bekova, kabinet mudiri M.Hakimova va boshqalar faol mehnat qilmoqdalar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan

60540100 – “Matematika”;

60531000 – “Mexanika va matematik modellashtirish”;

60540400 – “Matematik va kompyuterli modellashtirish”;

5330200 – “Informatika va axborot texnologiyalari”;

60610100 – “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari”;

60610200 – “Axborot tizimlari va texnologiyalari”;

60610300 – “Axborot xavfsizligi”

bakalavriat (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy) ta’lim yo‘nalishlarida quyidagi fanlardan nazariy va amaliy mashg’ulotlar olib boriladi:

  • Dasturlash asoslari;
  • Algoritmik tillar va dasturlash;
  • Algoritmlar va berilganlar strukturasi;
  • Berilganlar bazasi;
  • Tizimli dasturlash;
  • Dasturlash texnologiyalari;
  • Mobil ilovalarni yaratish;
  • Web texnologiyalar;
  • Tarmoq texnologiyalari;
  • Multimedia texnologiyalari;
  • Bulutli texnologiyalar;
  • Informatika o‘qitish metodikasi.

Bulardan tashqari, 5330200 – “Informatika va axborot texnologiyalari”, 60610100 – “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari” bakalavriat ta’limi yo‘nalishlarida malakaviy, pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotlari hamda bitiruv malakavish ishlariga rahbarlik qiladi.

Magistratura ta’limi bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari

70610204 – Axborot tizimlari (tarmoqlar bo‘yicha);

70610101 – “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)”;

70610201 – “Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”;

  • Axborot tizimlarini loyihalash;
  • Bulytli hisoblashlar;
  • Kompyuter tarmoqlari;
  • SQL texnologiyalar;
  • Formal tillar va grammatikalar;
  • Taqsimlangan tizimlar;
  • Kompyuter tarmoqlarini ma’muriy boshqarish;
  • Web ilovalarni yaratish texnologiyalari;
  • Parallel hisoblashlar asoslari

fanlaridan mashg’ulotlar olib boradilar.


Kafedraning ilmiy faoliyati

Professor A.M.Polatov rahbarligida 05.01.07- “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” sohasida ilmiy faoliyat olib boradi. Kafedrada “Tadbiqiy masalalarni yechishning matematik va sonli usullari” mavzusidagi seminar muntazam amal qilmoqda. Unda kafedra doktorantlari o‘z ilmiy natijalarini bo‘yicha ma’ruzalar qilishadi, dissertatsiyalar muhokama qilinadi.

Doktorlik dissertasiyalari himoyalari: Kurmanbaev B. (1992 y.), Ignat'ev N.A. (2005 y.), Polatov A.M. (2016 y.), Madraximov Sh.F. (2020 y.),

Nomzodlik dissertasiyalari himoyalari: Gaynazarov S.M. (1994 y.), Abduqodirov A.A. (1994 y.) Madraximov Sh.F. (1994 y.), Rasulov S. (1994 y.), Matlatipov G‘. (2001 y.), Ikramov A.M. (2005 y.), Adambaev U.E. (2008 y.), Yuldashev R. (2009 y.), Eshmurodov Sh. (2010 y.) . 

PhD dissertasiyalari himoyalari: Saidov D.Yu. (2018y.), Qalandarov A.A. (2018y.), Xudaybergenov Q.Q.  (2020 y.), Yusupov U.S.(2021y.), Hayitqulov B. (2021y.).        

Kafedra a’zolari Respublika va xorijiy nufuzli ilmiy jurnallarda ilmiy ishlarini chop etishadi, ilmiy anjumanlarda qannashishadi. Oxirgi yillarda chop etilgan ilmiy maqolalrdan namunalar:

  • A.A.Khaldjigitov, A.Kalandarov, M.Babajanov, U.E.Adambaev, D.A.Sagdullaeva. Three-Dimensional Coupled Dynamic Thermoplastic Boundary Value Issue for a Transversely Isotropic Parallelepiped Numerical Solution. AIP Conference Proceedings 2686, 020008 (2022); https://doi.org/10.1063/5.0114004
  • A.A.Khaldjigitov, Yu.S.Yusupov, U.E.Adambaev, D.A.Sagdullaeva. Numerical Solution of Two-Dimensional Coupled Thermoplastic Problems. AIP Conference Proceedings 2637, 040007 (2022); https://doi.org/10.1063/5.0118532  «Scopus»;
  • Хайиткулов Б.Х. Complete Solution of a Class of Differential Pursuit Games with Integral Constraint and Impulse Control// Russian Mathematics. Россия. 2022. 22-29. https://link.springer.com/article/10.3103/S1066369X22030069
  • Полатов А.М. Investigation of the Amplitude-Frequency Response of a Dam-Type Viscoelastic Body with Steady-State Forced Harmonic Vibrations// The Bulletin of Irkutsk State University. Series Mathematics. Россия. 2022, vol. 39, pp. 51–61. https://doi.org/10.26516/1997-7670.2022.39.517670.2022.39.51
  • Полатов А.М. Study of the dam-type body under seismic impact // AIP Conference Proceedings. США. 2022, 8 р. https://doi.org/10.1063/5.0118686
  • Пулатов С.И. Investigation of the Amplitude-Frequency Response of a Dam-Type Viscoelastic Body with Steady-State Forced Harmonic Vibrations // The Bulletin of Irkutsk State University. Series Mathematics. Россия. 2022, vol. 39, pp. 51–61. https://doi.org/10.26516/1997-7670.2022.39.51
  • Пулатов С.И. Computer simulation of two-dimensional nonstationary problems of heat conduction for composite materials using the FEM // AIP Conference Proceedings. США. 2022. 11 p. https://doi.org/10.1063/5.0118684
  • Латипов Н.К. Influence of kinematic flow parameters on vacuum in jetters // AIP Conference Proceedings. США. 2022, 68 стр. https://aip.scitation.org/doi/abs/10.1063/5.0089505
  • Юсупов Ю.С. Математическое и численное решение двумерной связанной задачи термоупругости на основе деформацион теории // PERIODICAL, Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities ISSN NO:2720-4030, SJIF Impact Factor 2022: 5.911 Польша. 2022год. 11 стр. https://www.periodica.org/index.php/journal/article/view/244
  • Юсупов Ю.С. Numerical Solution of a TwoDimensional Dynamic Related Problem of Thermal Support // Eurasian Journal of Engineering and Technology, ISSN (E): 2795-7640, Journal Impact Factor: 7.995. Бельгия. 2022г. 10 стр.  https://geniusjournals.org/index.php/ejet/article/view/1272

Кафедра ходимларининг илмий натижалари қуйидаги монографияларда ўз аксинини топган:

  1. Игнатьев Н.А. Обобщенные оценки и локалные метрики объектов в интеллектуалном анализе данных. Монография. – Ташкент: Издательство «Университет», 2014.
  2. Мадрахимов Ш.Ф., Хуррамов А.Х. Умумлашган коърсаткичлар ва улардан билимларни шакллантиришда фойдаланиш. Монография, Қарши: Қарши давлат университети, 2014.
  3. Игнатев Н. А. Интеллектуалный анализ данных и гипотеза о компактности классов. Меры компактности, критерии оценок. Палмариум Аcадемиc Публишинг, Саарбрюккен, 2016.
  4. Ишмухамедов А.Х Моделирование оценки надежности управления системой связи. LAP LAMBERT Academic Publishing RU, 2019.
  5. Полатов А.М, Компютерное моделирование волокнистых материалов МКЭ. Монография. LAP LAMBERT Academic Publishing RU, 2018.
  6. Икрамов А.М. Конечноэлементное моделирование трехмерных упругопластических задач. LAP LAMBERT Academic Publishing RU, 2018.
  7. Ишмухамедов А.Х Моделирование оценки надежности управления системой связи. LAP LAMBERT Akademik Peblishshing RU-2019.
  8. Хакимов М.Х. Технология многоязы­ко­вого моделируемого компю­­терного переводчика. ЛАМБЕРТ. Академие Публишинг, 2019.
  9. Халджигитов А.А., Қаландаров А.А., Юсупов Ю.С. «Связанные задачи термоупругости и термопластичности», “Фан ва технологийа”, 2020.
  10. Мадрахимов Ш.Ф. Системы обнаружения скрытых  закономерностей на базе методов вычисления обобщенных оценок. Монография // Ташкент, «МУМТОЗ СЎЗ» 2021.
  11. Марахимов А.Р., Худайбергенов К.К. Структурно-параметрический синтез нейросетевых моделей для задач интеллектуалного анализа данных и распознавания образов. // Монография. – Ташкент: «МУМТОЗ СЎЗ» 2021.
  12. Ҳайитқулов Б.Х. Алгоритмы и численное моделирование процесса управления распространения тепла и разрешения конфликта. 22.04.2022  Ўзбекистон миллий университети қошидаги  илмий - техник кенгашнинг №4-сонли баённомаси. FAN ZIYOSI.

Kafedraning o‘quv-uslubiy faoliyati

Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv faoliyatidani tashqari, o‘quv-uslubiy ishlar bilan ham shug'ullanadilar. Jumladan, darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar yaratishda samarali faoliyat olib borishmoqdalar.

So‘nggi 10 yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bir qator darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlangan:

  1. Ш.А.Назиров, Г.С.Иванова, С.М.Гайназаров. Дастурлаш технологияси. Тошкент-2014 й.
  2. Т.А.Махаров. Компьютер сервис хизмати. Тошкент. “Баркамол авлод” 2013
  3. Ш.Ф.Мадрахимов, А.М.Икрамов ва М.Р.Бабажанов. «C++ тилида программалаш бўйича масалалар тўплами» ўқув кўлланма 2014
  4. Игнатев Н.А. Обобщенные оценки и локалные метрики обектов в интеллектуалном анализе данных. 2014й.
  5. М.Х.Хакимов, Д.Б.Нигманова. “ТОАД ДАТА МОДЕЛЕР” муҳитида берилганларни моделлаш. (услубий қўлланма). Тошкент. 2015 й.
  6. Д.Нигманова, Б.Хусанов, Д.Қодирова. Эстетика фанидан ўқув қўлланма. Тошкент. 2015й.
  7. Т.А.Махаров, Қ.Т. Махаров, К.Нортиллайев. Паскал тилида дастурлаш асослари. КҲК ва АЛ учун услубий қўлланма. Тошкент. 2015
  8. Махаров Т.А., Махаров Қ.Т., Раҳимова М.А. Wеб-дастурлаш бўйича услубий қўлланма. ЎзМУ, 2017й. -160б.
  9. Игнатев Н.А., Усманов Р.Н., Мадрахимов Ш.Ф., “Берилганларнинг интеллектуал таҳлили” (ўқув қўлланма). Тошкент “Мумтоз сўз” 2018й.
  10. А.М.Полатов “Компьютер воситасида моделлаштириш асослари” (Ўқув қўлланма) Тошкент “Университет”. 2019.
  11. Т.А.Махаров, Қ.Т. Махаров, М.А.Рахимова. Wеб-дастурлаш. И-қисм. HTML, SS, JavaScipt. Ўқув қўлланма. Тошкент. “МУМТОЗ СЎЗ”, 2019
  12. Т.А.Махаров “Дастурлаш асослари (Visual studio). Ўқув қўлланма. Тошкент “Ижод-Пресс” 2019й.
  13. Д.Ю.Саидов Python tilida dasturlash: Uslubiy qo‘llanma. Tashkent. 2020 y.
  14. Ҳакимов М.Х., Гайназаров С.М. “Берилганлар базасини бошқариш тизимлари” дарслик Тошкент-2021 й. 3-нашр.
  15. Adambayev U.E., Yusupov Yu.S., Algoritmik tillar va dasturlash. C# tilida dasturlash asoslari. Barcha yo‘nalishlar uchun darslik. 302-0374, 2022-09-09.
  16. A.M.Polatov. Parallel hisoblash asoslari. O‘quv qo‘llanma. Tashkent. 2022 y.

Kafedra yutuqlari

Talabalar hayoti va ularning yutuqlari (o‘quv va ilmiy sohalardagi yutuqlari, nomdor stipendiyalar sohiblari)

Kafedra talabasi Rustam Qosimjonov shahmat bo‘yicha Osiyo chempioni (1998 y.), Jahon chempionati kumush medal sohibi(1999 y.), FIDE yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni (2004 y.). (rahbar dos. Madrahimov). Xalqaro shaxmat ustasi Nodira Nodirjonova shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempioni (2017 y). Kafedra talabalari Maxarov Q.T. (2009 y. Rahbar: Madrahimov Sh.), Raximova M.A. (2011 y. Rahbar: Maxarov T.) Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. Ibrohimova Zulayxo Ergash qizi (2009 y. Rahbar: Hakimov M.) Mirzo Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiati bo‘lgan.

Xalqaro va respublika nufuzli tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan va mukofot (diplom)larga sazovor bo‘lgan professor-o‘qituvchilar

Dotsent M.X. Hakimov 2001 yilda “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGIGA 10 YIL” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Kafedrasi o‘qituvchisi A.A.Djamirzaev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 17 maydagi Farmoniga binoan ta'sis etilgan “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGIGA 20 YIL” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Kafedrasi o‘qituvchisi A.A.Djamirzaev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 1 iyuldagi Farmoniga binoan ta'sis etilgan “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGIGA 25 YIL” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Dosent M.X. Hakimov 2007 yilda “Inglizcha-ruscha-o‘zbekcha komp'yuter ilmi bo‘yicha izohli lug‘at” nomli o‘quv qo‘llanmasi «Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv qo‘llanmasi muallifi» Respublika tanlovining g‘olibi sifatida II darajali diplom va pul mukofoti bilan taqdirlangan.

2014 yilda dosentlar Hakimov M.X., Gaynazarov S.M. “Berilganlar bazasini boshqarish tizimlari” nomli oliy o‘quv yurtlari uchun darsligi  «Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv qo‘llanmasi muallifi» Respublika tanlovining g‘olibi sifatida I darajali diplom va pul mukofoti bilan taqdirlangan.

2018 yilda Hakimov M.X. va 2021 yilda Polatov A.M. International Academy of Injineering (Xalqaro Muxandislar Akademiyasi)ning muxbir a'zoligiga saylanganlar.

Kafedrasi o‘qituvchisi R.X.Baxromov 2020 yilda Koronavirus pandemiyasi davrida fidoyilik ko‘rsatgan xodimlarning mehnatini e'tirof etish, ularni rag‘batlantirish maqsadida Davlatimiz rahbarining 2020 yil  26-maydagi “Mehr-saxovat” ko‘krak nishonini ta'sis etish to‘g‘risida”gi PF-5999-son Farmoniga asosan, pandemiyaga qarshi kurashish, aholi salomatligini muntazam ravishda muhofaza qilib borishda jonbozlik ko‘rsatgan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va oliy ta'lim muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan o‘z kasbining chinakam fidoyi xodimi “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

2023 yilda professor Polatov Asxad Muxamedjanovich O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab – quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik Kengashi qarori bilan “MEHNAT FAXRIYSI ” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Kafedra bilan bog‘lanish uchun kontaktlar

Toshkent shahri. Olmazor tumani Talabalar shaharchasi. Universitet ko‘chasi 4-uy. Tel: (71) 246-16-27.


ADT kafedrasida  o‘qitiladigan  fanlar

Fan nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
Bakalavriat
 Dasturlash asoslariFanni o‘qitishdan maqsad–talabalarga dasturlash asoslarini yetarli darajada o‘qitish, shu bilimlarga tayangan holda kompyuter yordamida modellashtirishga keladigan tadbiqiy masalalarning dasturiy ta’minotini amalga oshirishga o‘rgatish va ixtisoslik fanlarini o‘zlashtirishda tayanch bilimlarga ega bo‘lish, muammolarining optimal yechimini topish hamda ko‘nikma va malakalarni berishdan iborat.
 Algoritmik tillar va dasturlashFanda qo‘yilgan masalani yechadigan  kompyuter dasturini tuzish asoslarini o‘rgatiladi. C# dasturlash tilida strukturali va ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tamoyillari qaraladi.
 Berilganlar bazasiFanni o‘qitishdan maqsad – berilganlar bazasini loyihalash va modellash usullarini o‘rgatish. Olingan bilimlarga tayangan asoslangan holda ixtiyoriy ob’ektlarni tahlil qilish va berilganlarni maxsus Toad Data Modeler muhitida modellashti¬rishga o‘rgatish. Berilganlar bazasi bo‘yicha tizimlarni yaratish uchun tayanch bilimlarga ega bo‘lish. Berilganlar bazasini loyihalash va modellash usullarini o‘rgatish. Olingan bilim¬larga tayangan asoslangan holda ixtiyoriy ob’ektlarni tahlil qilish va berilganlarni maxsus Toad Data Modeler muhitida modellashtirishga o‘rgatish.
 Multimedia texnologiyalari“Multimedia texnologiyalari” fanining bosh maqsadi talabalarga kompyuter grafikasining matematik va algoritmik asoslarini, multimedia vosita va texnologiyalari orqali multimedia mahsulotlarini yaratishni o‘rgatishdir. Shu maqsadda multimedia mahsulotlarini yaratishda foydalaniladigan dasturlar va texnologiyalar  haqida tayanch tushunchalar beriladi va ulardan foydalanishga o‘rgatiladi.
 Tizimli dasturlashFan maqsadi talabalarga translyatsiya usullari, fayl tizimining instalyatsiyasi, yuklagichlar va tarmoqda ishlash bo‘yicha nazariy bilimlar olish, tizimli programmalash vositalarini yaratish bo‘yicha amaliy saboqlarga ega bo‘lish va bu bilimlarni tadbiqiy masalalarni yechishda qo‘llashdan iborat. Fanning asosiy vazifasi – tizimli dasturiy ta’minotni tashkil qilishning umumiy tamoyillarini, kompilyatorlar asoslarini o‘zlashtirish, tizim utilitlarini yaratish va interpretatorni qurish,  assemblerlar, yuklagichlar, kompilyatorlar, makroaniqlovlar bo‘yicha bilimlarni shakllantirish va ularning amal qilish tamoyillarini o‘zlashtirish.
 Dasturlash texnologiyalari“Dasturlash texnologiyalari” fani bakalavriatdagi asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Bu fanning bosh maqsadi talabalarga qo‘yilgan masalani yechadigan kompyuter dasturini dasturlash muhiti texnologiyalarini qo‘llash orqali tuzishni o‘rgatishdir. Shu maqsadda dasturlash tillari, muhitlar va texnologiyalar haqida tayanch tushunchalar beriladi va ulardan foydalanishga o‘rgatiladi. Fanda Visual C++, Visual C#, Java, Windows Forms, WPF, LINQ, Java Servlet/JSP kabi zamonaviy dasturlash tillari va texnologiyalarining qo‘llash saboqlari o‘rgatiladi.
 Informatika o‘qitish metodikasiFanni o‘qitishning maqsadi – amaliy metodikaning eng qiyin qismi hisoblanadi. O‘qitishning maqsadi umumiy didaktikada ta’lim, tarbiya va rivojlanishning birligida qaraladi. Informatika amaliy aspektni ham e’tiborga oladi – yosh insonni kompyuterlashtirilgan jamiyatda hayotga tayyorlash. Ta’limning amaliy komponenti kompyuter bilan muloqotda amaliy foyda olishni bilishda namoyon bo‘ladi (qidiruv tizimlariga so‘rovlar, Internet, katta bo‘lmagan hisoblashlar va boshqalar). Bu hayotning sifatini va darajasini aniqlaydi.
 WEB texnologiyalarFanda Web texnologiyalarning nazariy asoslari, zamonaviy web texnologiyalarning rivojlanish holati, Internet/Intranet kompyuter tarmoqlarining ishlashida ularning roli, web texnologiyalarning rivojlanish yo‘nalishlari va muammolari, loyixalashni avtomatlashtirish vositalari va usullari, murakkab web ilovalarni qurish bo‘yicha bilimlar beriladi.   Fan vazifasi – zamonaviy web texnologiyalar yordamida foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan murakkab web ilovalarni yaratish, web ilovalarni yaratishning turli instrumental vositalarini ishlatish ko‘nikmalarini berish.
 Mobil ilovalar yaratishMobil qurilmalar va undagi dasturiy vositalar o‘rni va ahamiyati, mobil qurilmalar operatsion tizim, uning arxitekturasi, tuzilishi, ishlash prinsiplari, xizmatlari, zamonaviy dasturlash tili bo‘lgan JAVA tili yordamida Android operatsion tizimga mos ilovalar yaratish ko‘nikmalari, ilovalarda hodisalar va jarayonlarni boshqarish, ilovalar yaratishda foydalanuvchi interfeysini yaratish va moslashtirish, mobil qurilmalardagi turli xil xizmatlar (xabar almashuv, qurilmalarni boshqarish, berilganlar bazasi bilan ishlash va h.k.) muammolarni o‘rganishni qaraladi.
 Axborot texnologiyalarini standarlashtirishAxborot texnologiyalarini Respublika va xalqaro miqyosda standartlashtirishni talabalarga o‘rgatish
Magistratura
1SQL texnologiyalariFanning o‘kitishdan maqsad - tuzilmali til so‘rovlari va SQL dinamik interfeysi yordamida maxalliy, taqsimlangan va ob’ektli-relyatsion berilganlar bazasini yaratish texnologiyasi va usullarini o‘rganishdan iborat. Fanning vazifasi – magistrantlarga SQL texnologiyalarining nazariy asoslarini o‘zlashtirish, berilganlar bazasini loyihalash va boshqarishda SQL texnologiyalari yordamida amaliy ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat.
2Axborot tizimlarini loyihalashFanning maqsadi va vazifasi – murakkab axborot tizimlarini yaratish va ularning hayot siklini boshqarish sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash; asosiy tizimli tushunchalar, xalqaro standartlar va amaliyotni o‘zlash­tirish; murakkab tizimlarni yaratish uchun tizimli yondoshuvni shakllan­tirish; murakkab loyihalarni yaratish uchun tizimli yondoshuvning kelajak­dagi istiqbollarini shakllan­tirish qobiliyatini shakllanti­rish­­dan iborat.
3Formal tillar va grammatikalarFan maqsadi – talabalarga formal grammatika va tillar , translyatsiya usullari, leksik tahlil, sintaksik va semantik taxlil, kod generatsiya va optimizatsiya usullari bo‘yicha bo‘yicha nazariy bilimlar olish, yuqori bosqich tillar uchun translyator elementlarini yaratish bo‘yicha amaliy saboqlarga ega bo‘lish va bu bilimlarni tadbiqiy masalalarni echishda qo‘llashdan iborat.
4Tarmoq texnologiyalariFanning maqsadi – tarmoqlar va axborotni uzatish tizimlarining arxitekurasi va elementlarini, tarmoqlarni va axborot uzatish tizimlarini tashkillanish tamoyillari va ishlashini, lokal va global kompьyuter tarmoqlari va axborot uzatish tizimlarining texnik va dasturiy komponentalari strukturasi va bajaradigan vazifasini; axborot uzatish tizimlarida berilganlarni uzatish texnologiyasini, kompьyuter tarmoqlari protokollarini, axborot hafvsizligi talablariga muvofiq tarmoqlardan va axborot tizimlaridan foydalanishning xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
5WEB ilovalarini yaratish texnologiyalarFanni o‘qitishdan maqsad – talabalariga web ilovalarni yaratish texnologiyalari bo‘yicha bilimlarning nazariy asoslarini, asosiy tushunchalari va tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.

Kafedrada  o‘qitiladigan  fanlar magistratura uchun.

Fan nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
 Axborot tizimlarini loyihalashFanning maqsadi – murakkab axborot tizimlarini yaratish va ular¬ning dasturiy ta’minotidagi hayot siklini boshqarish sohasidagi muta¬xas-sislarni tayyorlash; asosiy tizimli tushunchalar, xalqaro standartlar va amaliyotni o‘zlash¬tirish; murakkab tizimlarni yaratish uchun tizimli yondoshuvni shakllan¬tirish kabi masalalarni o‘rgatishdan iborat.
 SQL texnologiyalariFanning o‘kitishdan maqsad - tuzilmali til so‘rovlari va SQL dinamik interfeysi yordamida lokal, taqsimlangan va ob’ektli-relyatsion berilganlar bazasini yaratish texnologiyasi va usullarini o‘rganishdan iborat.
 Formal tillar va grammatikalarFan maqsadi – talabalarga formal grammatika va tillar , translyatsiya usullari, leksik tahlil, sintaksik va semantik taxlil, kod generatsiya va optimizatsiya usullari bo‘yicha bo‘yicha nazariy bilimlar olish, yuqori bosqich tillar uchun translyator elementlarini yaratish bo‘yicha amaliy saboqlarga ega bo‘lish va bu bilimlarni tadbiqiy masalalarni yechishda qo‘llashdan iborat.
 Tarmoq texnologiyalariFanning maqsadi – tarmoqlar va axborotni uzatish tizimlarining arxitekurasi va elementlarini, tarmoqlarni va axborot uzatish tizimlarini tashkillanish tamoyillari va ishlashini, lokal va global kompyuter tarmoqlari va axborot uzatish tizimlarining texnik va dasturiy komponentalari strukturasi va bajaradigan vazifasini; axborot uzatish tizimlarida berilganlarni uzatish texnologiyasini, kompyuter tarmoqlari protokollarini,  axborot hafvsizligi talablariga muvofiq tarmoqlardan va axborot tizimlaridan foydalanishning xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
 WEB ilovalarini yaratish texnologiyalarFanni o‘qitishdan maqsad – talabalariga web ilovalarni yaratish texnologiyalari bo‘yicha bilimlarning nazariy asoslarini, asosiy tushunchalari va tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
 Taqsimlangan tizimlarFanining maqsadi – talabalarda axborotlarga ishlov berishning yuqori unumli vositalari haqida bilim berish, taqsimlangan tizimlar haqidagi tegishli tushunchalarga ega bo‘lish, axborotga ishlov berishda taqsimlangan tizim arxitekturasining ahamiyatini tushunish, murakkab hisob ishlarida yuqori unumli vositalarni qo‘llash  tushunchalarini shakllantirish.
 Parallel hisoblashlar asoslari“Parallel hisoblash asoslari” fani magistrantlarnirg nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
 Kompyuter tarmoqlarini ma’muriy boshqarishFanining maqsadi – axborot tizimlari va tarmoqlarda axborot almashuvining asosiy qonuniyatlarini va aloqa tizimlari va tarmoqlarda ularni amalga oshirish usullarini o‘rganish, talabalarni axborot tizimlari va tarmoqlarning asosiy konsepsiyalari, modellari va qurilish tamoyillari, ushbu sohadagi standartlar va kuzatilayotgan rivojlanish an’analari bilan tanishtirish.
 Mobil ilovalar yaratish texnologiyalariFanning maqsadi - mobil qurilmalar va undagi dasturiy vositalar o‘rni va ahamiyati, mobil qurilmalar operatsion tizim, uning arxitekturasi, tuzilishi, ishlash prinsiplari, xizmatlari, mobil qurilmalar uchun operatsion tizimga mos ilovalar yaratish ko‘nikmalari, ilovalarda hodisalar va jarayonlarni boshqarish, ilovalar yaratishda foydalanuvchi interfeysini yaratish va moslashtirish, mobil qurilmalardagi turli xil xizmatlar (xabar almashuv, qurilmalarni boshqarish, berilganlar bazasi bilan ishlash, SQLite va h.k.) muammolarni o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
 Sun’iy intellekt va qaror qabul qilish.Fanining maqsadi – talabalarga  berilganlar saqlagichini tashkil qilishni, berilganlarni intellektual tahlil qilish asoslarini, amaliy masalalarni sifatli va aniq yechish uchun timsollarni anglashning zamonaviy matematik usullarini o‘rgatish hamda murakkab formallashgan amaliy masalalarni yechish uchun zamonaviy axborot tizimlarini ishlab chiqish va qaror qabul qilish jarayonini tushuntirish.

3. Тадқиқотчилар ва илмий ишлар тўғрисида

Tadqiqotchi professor-o'qituvchining F.I.Sh.Ilmiy darajasi, unvoniDissertatsiya ishi mavzusi
1Polatov Asxad Muxamedjanovichf.-m.f.d., professorKonstruktion materiallarning chiziqsiz deformatsiyalanish masalalarini chekli elementlar usulida yechish algoritmlari va sonli modellashtirish
2Gaynazarov Sulton Mamanazarovichf.-m.f.n., dotsentUch o'lchamli dinamik jismlarni raqamli modellashtirish
3Hakimov Muftoh Xamidovicht.f.n.. professorMuammoga yo'naltirilgan dialog tizimlarida modellar va dizayn usullarini tadqiq qilish va ishlab chiqish
4Pulatov Suhbatilla Ismatullayevichf.-m.f.n., dotsent v.b.Mikroelektronikada ayrim texnologik jarayonlarni raqamli modellashtirish
5Adambayev Uchqun Erkinovichf.-m.f.n., dotsent v.b.Transversal izotrop jismlar uchun elastik-plastik masalalar
6Yusupov Yusufbay SaidjonovichPhD, dotsent v.b.Termoplastiklikning tegishli masalalarining matematik va raqamli modellari
7Ikromov Axmad Maoripovich (DSc)f.-m.f.n., dotsentTolalik kompozit materiallarda termoelastikplastik jarayonlarini chekli elementlar usulida kompyuterli modellashtirish
8Navruzov Erkin Ravshanovichkatta o'qituvchiMashinani o'rganish usullaridan foydalangan holda zararli dasturlarni aniqlash
9Nigmanova Dilobar Baxromovnatayanch dokorant, katta o'qituvchiAbsorbsion yoki manbali ikki komponentli muhitda nochiziqli jarayonlarni matematik modellashtirish

Ҳамкорлик

Кафедра мамлакатимиз ва хорижий илмий ва таълим ташкилотлари билан ўқув-методик, илмий ва кадрлар мобиллиги бўйича ҳамкорликда фаолият олиб боради.

Ҳорижий олий таълим муассасалари:

  1.  Европа иттифоқининг «Информатика-қўшимча мутахасисслик» 544319-TEMPUS-1-2013-1-FRTEMPUS-JPCR PROMIS халқаро гранти.  Номутахассисликлар учун информатика бўйича магистратура очиш бўйича меъёрий, ўқув-методик ҳужжатлар тайёрлаш (2013-2015 йй.).
  2. Европа иттифоқининг– «Erasmus+ Key Action 1 – Mobility fo learners and staff – Higher Education student and staff mobility» ҳалқаро лойиҳаси. Ходимлар мобиллиги бўйича. Координатор: Н.А.Игнатьев.(2017-2019 йй.) 
  3. Польшанинг “КATAMARAN” дастури асосида Люблин Технологиялар университети (профессор Марек Милош) билан Ўзбекистон Миллий университетида “Mobile Application Development – Joint Master Studies in English”  магистратурасини очиш учун зарур бўлган меъёрий ҳужжатлар, фанлар бўйича ўқув материалларни тайёрлаш ва “3D DIGITALSILK ROAD” лойиҳаси бўйича тарихий обидалар ва атрефактларнинг 3D сканер қилишни ўргатиш (2019-2021йй.);
  4. Қозоғистоннинг Нур-Султан шаҳридаги Л.Н.Гумилов номидаги Евроосиё Миллий университети (профессор, техника фанлари доктори Шарипбой Алтинбек Амиругли) билан Ўзбекистон Миллий университетида маърузалар ўтказиш бўйича;
  5. Бирлашган Араб Амирлиги университети (доцент, PhD Шерзод Тураев) билан Ўзбекистон Миллий университетида маърузалар ўтказиш бўйича.

Мамлакимиздаги ташкилотлар:

  1. Тошкент тиббиёт академияси Урганч филиали билан тиббиёт соҳасида ахборот технологиялари бўйича малакага эга мутахассис тайёрлаш бўйича;
  2. Ўзбекистон Республикаси Президент Администрацияси Тиббиёт бош бошқармаси 1-сонли Марказий клиника (тиббиёт фанлари доктори Розиходжаева Г.А.) билан интеллектуал усулларни тиббиёт масалалари қўллаш бўйича PhD тайёрлаш бўйича;
  3. "Kibera Technology" МЧЖ билан Жамоавий дастурлаш малакасига эга мутахассис тайёрлаш бўйича;
  4. ЎзФА Механика ва иншоотлар сейсмик мустаҳкамлиги институти билан Механик жараёнлар ва иншоотларни сесмик мустаҳкамлигини текшириш бўйича дастурчи мутахассис тайёрлаш;
  5. Қарши Давлат университети ("Амалий математика" кафедраси) билан илмий даражага эга ходимларни тайёрлаш масаласида;
  6. Тошкент шаҳар Олмазор тумани 249-ўрта таълим мактаби билан Информатика ва математика фани бўйича ўқитувчиларни  тайёрлаш бўйича.

5. Kafedra tarkibi

Familiyasi, ismi, sharifiElektron pochta
1Polatov Asxad Muxamedjanovich
f.-m.f.d., professor
a.polatov@nuu.uz, asad3@yandex.ru
2Ismoilov Baxromjon Maxmudovich t.f.d.b.maxmudov@nuu.uz
3Gaynazarov Sulton Mamanazarovich f.-m.f.n., dotsents.gaynazarov@nuu.uzgaynazarsm@mail.ru
4Hakimov Muftoh Xakimovich t.f.n., professorm.hakimov@nuu.uzmuftah@mail.ru
5Ikromov Axmad Maoripovich f.-m.f.n., dotsenta.ikramov@nuu.uz, ikramov_am@nuuz.uz
6Pulatov Suhbatilla Ismatullayevichsuxbat@mail.ru s.pulatov@nuu.uz
7Adambayev Uchqun Erkinovichu.adambaev@nuu.uz, uchqunbek@yandex.ru
8Hayitqulov Bobomurod Hayitovich
PhD, Katta o’qituvchi
b.hayitkulov@nuu.uzlinux0886@mail.ru
9Navruzov Erkin Ravshanovich
Katta o’qituvchi
e.navruzov@nuu.uz, erkinbek0989@mail.ru
10Yusupov Yusufbay Saidjonovichyusabio@mail.ru
11Maxarov Tolkun Abdilaxatovichtmakharov@ mail.ru, tmakharov@ nuu.uz
12Karimov Nodir Madirimovich Katta o’qituvchimatematik-uz@mail.ru
n.karimov@nuu.uz
13Latipov Nusratilla Qudratillayevich
Katta o’qituvchi
n.latipov@nuu.uz, latipov_nq_aa@nuuz.uz
14Muxammadiyev Ravshan Abduvali o'g'limuxammadiyev95ravshan@mail.ru
15Nigmanova Dilobar Baxromovna
Katta o’qituvchi
d.nigmanova@nuu.uz, dill198912@gmail.com
16Baxromov Rustam Xamraboyevich
Katta o’qituvchi
r.bahromov@nuu.uz, baxramov88_r@mail.ru
17Toshpo‘latov Abduxalil Oltiboyevich
O’qituvchi
abduhalil00701@gmail.com
18Abdujabborov Zafar Abdusattorovich
O’qituvchi
zafarabdujabborov57@gmail.com
19Murodullayev Mo‘minjon Oybek o‘g‘li
Stajyor-o’qituvchi
20Sapayev Shixnazar Omon o‘g‘li
Tayanch doktorant
sapayev.nazarbek@gmail.com
21Bekova Vazira G‘opirjon qizi
Tayanch doktorant
22Hakimova Muxabbat Ataquziyevna
Kabinet mudiri