Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

ANALITIK KIMYO KAFEDRASI

Kafedra mudiri - Smanova Zulayho Asanaliyevna

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

+998 9(90) 997-16-70

e-mail: smanova.chem@mail.ru


Kafedraning tashkil etilgan yili: 1933 yil

Kafedra mudiri: akademik k.f.d. Talipov Sh.T. (1942-1990 yy.), k.f.n., dots. Shesterova I.P. (1990-1995 yy.), k.f.d., prof. Babayev N.B. (1995-2000), k.f.n., dots Turabov N.T. (2005- 2005yy), 2016 yildan hozirgi vaqtgacha Smanova Z.A.


Kafedraning tarkibi: kafedra mudiri, k.f.d., prof. Smanova Z.A., k.f.d., dots. Qutlimurotova N.H., k.f.n., prof.v.b. Turabov N.T., PhD., dots. Ro`zmetov U.O`.,  PhD., dots. Ziyayev D.A., PhD., dots. v.b., Todjiyev, katta o`qit. Rahimov S.B., Tursunqulov J.B., Sayfiyev M., Sagdullayeva L.B.


O’quv-uslubiy ishlar. Kafedrada bakalavriatning 4 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha quyidagi fanlardan ma’ruza, seminar, amaliy va labоratоriya mashg’ulоtlari оlib bоriladi: "Analitik kimyo", "Atrof muhit kimyosi",  "Analitik kimyoda organik reagentlar", "Kimyoviy analiz va ekologik monitoring", "Polimer va kompozision materiallar analizi", "Neft va gaz mahsulotlari analizi", magistraturaning 5A140501- Kimyo (fan yo`nalishlari bo`yicha) mutahassisligi bo`yicha "Analitik va fizik-kimyoviy tahlil usullari", "Elektrokimyoviy analiz usullari", "Kimyoviy ajratish va konsentrlash", "Atom-absorbsion analiz metodlari" "Molekulyar spektroskopik analiz", "Elektrokimyoviy analiz usullari" kabi fanlar.

Kafedra prоfessоr-o’qituvchilari tоmоnidan 20 dan оrtiq darslik, o’quv qo’llanma, mоnоgrfiya va uslubiy qo’llanmalar chоp etilgan.


Ilmiy-tadqiqоt ishlari. Analitik kimyo kafedrasida analitik kimyo ilmiy tadqiqot ishlarining ustuvor yo`nalishlaridan biri bo`lgan "Organik  reagentlarning analitik  kimyosida  qo`llanilishi"; "optik  metodlarda  qo`llaniladigan  reagentlarni  immobillash,  modifikasiyalangan  elektrodlar  yaratish  hamda  ularni  atrof-muhit  ob`ektlari  analiziga qo`llash" va "Og`ir va zaharli metallar, yonuvchan moddalar, ekotoksikantlar biologik materiallar, organik va noorganik moddalarni atrof muhit ob`ektlaridan aniqlashning optik va elektrokimyoviy usullarini ishlab chiqish" ilmiy yo`nalishlar bilan birgalikda professor-o`qituvchilar va doktorantlar hamda izlanuvchilar quyidagi yangi yo`nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini yo`lga qo`yishga muvaffaq bo`ldilar.

Kafedrada har yili 50 dan оrtiq ilmiy ishlar chоp etiladi. Kafedra tashkil tоpgandan buyon 40 ga yaqin iхtirо uchun patent va mualliflik guvоhnоmalari оlingan. So’nggi yillarda iхtirоlarga 5 ta patent оlingan, ilmiy tadqiqоt ishlaridan оlingan natijalar o’quv jarayoniga tadbiq qilingan.


Dissertasiya himоyalari: Kafedra tashkil tоpgandan buyon 8 ta dоktоrlik va 50 ta nоmzоdlik hamda 8 ta PhD dissertasiyalari himоya qilingan.


Hamkоrlik munоsabatlari: M.V.Lomonosov nomidagi MDU (akad. Yu. A.Zolotov, prof. O.A.Shpigun, prof. T.N.Shehosova, prof. M.A.Proskurnin); Gumilova nomli Evro Osiyo Qozoqiston Milliy universiteti (prof. S.S.Dosmagambetova), Rossiya Fanlar Akademiyasi  va chet-el oliy o`quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik aloqalari yo`lga qo`yilgan.  


  F.I.SH. Elektron manzil
1 Samanova Z.A. z.smanova@nuu.uz
2 Turobov N.T. turobov2019@mail.ru
3 Qutlimurotova N.H. nkutlimurotova@nuu.uz
4 Ziyavey D.A. dil_analitik@mail.ru
5 Ro`zmetov U.U. ruzmetovuchqun@mail.ru
6 Raximov S.B. raximov_s87@mail.ru
7 Todjiyev J.N. todjiev@mail.ru
8 Tursunqulov J.B. jasur.dell@mail.ru
9 Sagdullayeva L.B. laylosagdullayeva9@gmail.com
10 Sayfiyeva M.N. msayfiyev351@gmail.com

F.I.SH. Ilmiy darajasi, unvoni Dissertatsiya ishi mavzusi
1 Samanova Z.A. k.f.d., professor  
2 Turobov N.T. k.f.n., dotsent  
3 Qutlimurotova N.H. k.f.d., professor v.b. Ba’zi siyrak va siyrak-yer metallarini aniqlshning voltamperimetrik va konduktometrik usullarini ishlab chiqish
4 Ziyavey D.A. PhD, dotsent  
5 Ro`zmetov U.U. PhD, dotsent  
6 Raximov S.B. PhD, kata o`qituvchi  
7 Todjiyev J.N. PhD, dotsent v.b.  

Fan nomi Fan haqida qisqacha ma’lumot
1 Kimyo yo’nalishi 2-kurs. Analitik kimyo (o’zbek). Moddalarni sifat va miqdoriy tarkibini aniqlash, analitik reaksiyalarni bajarish usullarini o’rganish. Turli xil analiz usullari bilan tanishish va ularni amaliyotga qo’llash.
2 Kimyo yo’nalishi 2-kurs. Analitik kimyo (rus). Moddalarni sifat va miqdoriy tarkibini aniqlash, analitik reaksiyalarni bajarish usullarini o’rganish. Turli xil analiz usullari bilan tanishish va ularni amaliyotga qo’llash.
3 Kimyo yo’nalishi 2-kurs. Analitik kimyo kechki ta’lim (o’zbek). Moddalarni sifat va miqdoriy tarkibini aniqlash, analitik reaksiyalarni bajarish usullarini o’rganish.
4 Kimyo yo’nalishi 2-kurs. Analitik kimyo kechki ta’lim (rus). Moddalarni sifat va miqdoriy tarkibini aniqlash, analitik reaksiyalarni bajarish usullarini o’rganish.
5 Neft va gaz yo’nalishi 2-kurs. Analitik kimyo (o’zbek). Moddalarni sifat va miqdoriy tarkibini aniqlash, analitik reaksiyalarni bajarish usullarini o’rganish.
6 Neft va gaz yo’nalishi 2-kurs. Analitik kimyo (rus). Moddalarni sifat va miqdoriy tarkibini aniqlash, analitik reaksiyalarni bajarish usullarini o’rganish.
7 Mahsulotlarning kimyoviy tahlili 1-kurs. Analitik kimyo va kimyoviy tahlil. Oziq ovqat mahsulotlari tarkibini sifat va miqdoriy o’rganish. Oziq ovqat mahsulotlari analizida qo’llaniladigan usullar bilan tanishish.
8 Mahsulotlarning kimyoviy tahlili yo’nalishi 1-kurs. Xemometrika . Oziq ovqat mahsulotlari tarkibini sifat va miqdoriy o’rganish, hamda ularning standartlari bilan ishlashni o’rganish.
9 Tabiy va fizalogik faol birikmalar kimyosi yo’nalishi 1-kurs. Analitik kimyo . Tabiy va fizalogik faol birikmalarni sifat va miqdoriy tarkibini aniqlash, analitik reaksiyalarni bajarish usullarini o’rganish.
10 Kimyo yo’nalishi 3-kurs. Atrof muhit kimyosi (o’zbek). Atrof muxit obektlari tarkibini tahlil qilish va ekalogik muommolarning xal qilishda turli xil kimyofiy analizlardan foydalanish.
11 Kimyo yo’nalishi 3-kurs. Atrof muhit kimyosi (rus). Atrof muxit obektlari tarkibini tahlil qilish va ekalogik muommolarning xal qilishda turli xil kimyofiy analizlardan foydalanish.
12    

Magistratura uchun

Fan nomi Fan haqida qisqacha ma’lumot
1 Kimyo yo’nalishi 1-kurs. Analitik va fizik-kimyoviy tahlil usullari (o’zbek). Fanni oʻqitishdan maqsad – magistrantlarga kimyoviy analiz usullarining nazariy asoslarini, asosiy tushunchalari va usullarini, atrof-muhitdagi har xil obyektlarning elementar kimyoviy tuzilishini, sifat va miqdoriy aniqlanishni taʼminlaydigan metodlarning maʼlumotlaridan foydalanib chuqur bilim berish xamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.
2 Kimyo yo’nalishi 1-kurs. Analitik va fizik-kimyoviy tahlil usullari (rus). Fanni oʻqitishdan maqsad – magistrantlarga kimyoviy analiz usullarining nazariy asoslarini, asosiy tushunchalari va usullarini, atrof-muhitdagi har xil obyektlarning elementar kimyoviy tuzilishini, sifat va miqdoriy aniqlanishni taʼminlaydigan metodlarning maʼlumotlaridan foydalanib chuqur bilim berish xamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.
3 1-kurs. Radioanalitik kimyo. Fanni oʻqitishdan maqsad – magistrantlarga radioaktiv analizning nazariy asoslari, ishlash prinsiplari va analiz qilish usullari, analizning optik va elektrokimyoviy gibrid usullaridan foydalanib chuqur bilim berish xamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.
4 Kimyo yo’nalishi 2-kurs. Kimyoviy ajratish va konsentrlash. Moddalarni konsentrlash turlari, absolyut va nisbiy, individual va guruhli konsentrlash, ajratish va konsentrlashning miqdoriy tavsiflari, analizda konsentrlash metodlaridan foydalanadigan obektlarni bilishi va ulardan foydalana olish
5 Kimyo yo’nalishi 2-kurs. Molekulyarv spektroskopik analiz Fanni oʻqitishdan maqsad - magistrantlarga  molekulyar spektroskopik analiz maxsus kursini qonuniyatlarni nazariy asoslarini  va metodlari, molekulyar spektroskopiyaning zamonaviy turlari haqidagi hozirgi zamon maʼlumotlaridan foydalanib, konkret obyektlari analizida ishlatiladigan asbob-uskunalarni sxemasini va ishlash prinsiplarini bilish.