Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

AOKAda jurnalist kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

2020 yil 30 oktabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan «Jurnalist kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi.

OTMlar va OAV vakillari, jurnalist kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan nodavlat o‘quv markazlari va ijtimoiy tashkilotlar ishtirokida tashkil etilgan bu davra suhbatida jurnalist kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirishning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Bugungi kundagi jurnalistlar, axborot xizmati xodimlari, blogerlar faoliyati tahlil qilindi. Ularning faoliyatini huquqiy asoslari, ijtimoiy himoyalari xususida ham fikrlar bildirildi. Va eng asosiysi, jurnalist va axborot xizmatlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslarni unifikatsiya qilish masalasi dolzarbligi ta’kidlandi. Bu kurslarda ta’lim oluvchilarga amaldagi qonunchilik haqida ma’lumot berish, zamonaviy multimedia imkoniyatlari borasida bilim berish, jurnalistlarning marketing va menejment sohasidagi malakasini oshirish taklif etildi. Mutaxassislar bu kurslarda amaliy ko‘nikmalarga ko‘proq etibor qaratish zarurligini takidlashdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar jurnalist kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli kurslar dasturiga qo‘yiladigan talablarni birgalikda ishlab chiqish, Agentlik va ixtisoslashgan OTMlar hamda NTTlarning bu yo‘nalishdagi harakatlarini birlashtirishga kelishib oldi. O‘zMU jurnalistika fakulteti bu kurslarni dasturlari va rejalari loyihalarini berish bilan bir qatorda bu o‘quv kurslarini fakultet qoshida tashkil etish taklifini bildirdi.

O‘zMU Axborot xizmati