Arnasoyda “Yoshlar festivali» o‘tkazildi

Shu yilning 31-may kuni Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti talabalari hamda Arnasoy tumani yoshlari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar festivali” o’tkazildi.

Mazkur festival talaba-yoshlar orasida turistik faollikni yanada rivojlantirish, ularning yangi g‘oyalarini amaliy qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, shuningdek, Jizzax viloyati turizm obyektlarini targ‘ibot qilish maqsadida tashkil etildi.

Festival doirasida bir qator madaniy-ma’naviy tadbirlar, turli sport o‘yinlari, turli turnirlar, jumladan, plyaj futboli, plyaj volleyboli, tosh ko’tarish, armrestling, kamondan o’q otish, arqon tortish, kurash kabi sport turlari bo’yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Festival so‘nggida faolli uchun talabalarga diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.

O’zMU Axborot xizmati