Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Arxeologiya kafedrasi

Kafedra mudiri - fan nomzodi, PhD Ochildiev Fayzulla Babakulovich

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

+998 33 088-82-84

e-mail: ochildiyev@nuu.uz


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida ko‘rinishda

Fan nomi (bakalavr) Fan haqida qisqacha ma’lumot
  Arxeologiyaga kirish Arxeologiya fanning rivojlanish tarixi, fanning predmeti, vazifalari, O‘zbekistonda arxeologiya fanining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, arxeologiyaning tarmoq fanlari, arxeologiya va tabiiy fanlar, arxeologiyada texnologik kashfiyotlar, jahonning eng yirik arxeologiya ilmiy markazlari, arxeologik yodgorliklar va ularning tarixni o‘rganishdagi ahamiyati, O‘rta Osiyo xalqlari moddiy madaniyati evolyusiyasi haqida umumiy tushunchalar kabi masalalar xaqida ma’lumot beriladi.
  Raqamli arxeologiya Zamonaviy texnologiyalar va ularni tadqiqotlar jarayonida qo‘llash, afzalliklari va imkoniyatlari haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish.
  Arxeologiya, antropologiya va etnologiyada geografik axborot tizimlari Talabalarga Geografik axborot tizimi, arxeologiya, antropologiya va etnologiya fanlarida GAT ning qo‘llanilishi, tadqiqot olib borish usullari va strategiyasini ishlab chiqish, tadqiqotlar natijasida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash  haqida ma’lumot berish.
  Arxeologik dala tadqiqot usullari va topilmalarga ishlov berish talabalarda fanning nazariy va amaliy masalalarini shuningdek, arxeologik manbalar turlari. Arxeologik manbalarning qadimgi davr tarixini yoritishdagi o‘rni va ahamiyati. Arxeologik yodgorliklar turlari. Aholi manzilgohlari, diniy inshootlar majmualari va ishlab chiqarish bilan bog‘lik bo‘lgan inshoot va majmualarini o‘rganishdan iborat.
  O‘rta Osiyo arxeologiyasi O‘rta Osiyoning tosh davri xo‘jaligi, moddiy madaniyati, ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning shakllanishi, paleometall davri sug‘orma dehqonchilik taraqqiyoti, O‘rta Osiyoning lokal madaniyatlari xususiyatlari, ilk urbanizatsiyaning shakllanishi, ixtisoslashgan ishlab chiqarish taraqqiyoti, g‘oyaviy-diniy qarashlar, moddiy va ma’naviy madaniyat xususiyatlari masalalarini o‘rgatishdan iborat.
  Jahon arxeologiyasi Talaba Afrika, MDH, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Uzoq Sharq, Yaqin va O‘rta Sharq, Yevropa tosh va paleometal davri yodgorliklari va madaniyatlari haqida tushuncha va ko‘nikmalariga ega bo‘ladi .
Fan nomi (magistr) Fan haqida qisqacha ma’lumot
1 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi  Talabalarnig ilmiy faoliyati jarayonida o‘z-o‘zini anglash va to‘g‘ri fikrlash mahoratini shakllantirish, ilmiy tadqiqot dasturini tuzishda nazariya va amaliyot birligiga rioya qilishni o‘rgatishdan iborat
2 O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllanishi va rivojlanishi tarixi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati  institutlarining shakllanishi va rivojlanish tarixini har tomonlama yoritish.
3 O‘zbekiston tarixi fanining innovatsion rivojlanish tamoyillari Fanlarni tasniflash, metodlarni unumli foydalanish, ilmiy tadqiqot dasturining mavzusini tanlash, materiallarni saralash, o‘zining ilmiy saviyasini oshirishga yo‘nalgan adabiyotlar mazmunini o‘rganish va egallagan bilimlardan amaliyotda foydalanish malakalarini shakllantirishdan iborat

Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida

Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh Ilmiy darajasi, unvoni Dissertatsiya ishi mavzusi
  Ochildiev Fayzulla Boboqulovich kafedra mudiri “Janubiy O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayot (Surxon vohasi misolida)”
  Sagdullaev Anotoliy  Sagdullaevich. professor “Osedlыe oblasti yuga Sredney Azii v epoxu rannego jeleza (genezis kulturы i sotsialno-ekonomicheskaya dinamika)”
  Sulaymonov Rustam Hamidovich professor “Drevnyaya kultura Yujnogo Sogda”
  Aminov Bobur Bobomurodovich Dos.v.b “Janubiy O‘zbekiston epigrafik yodgorliklri tarixiy manba sifatida”
  Shonazarov Shuhrat Bo‘rievich kat. o‘qituvchi “Qarshi vohasi o‘rta asrlar davri mozor qurg‘onlari”
  Annaev Jaloliddin To‘xtashevich o‘qituvchi “Tarmita–Termiz buddaviylik markazilari madaniyati”
  Shaydullaev Alisher Shopo‘latovich o‘qituvchi “Sopolli madaniyati gliptikasi va sfragistikasi”
  Parmonov Shokir Eshboevich o‘qituvchi “Kesh vohasining o‘rta asrlar davri arxeologik yodgorliklari”
  Nazarov Xumoyun Alisherovich o‘qituvchi “Kushon davri madaniyatining o‘rganilishi tarixi (Shimoliy Baqtriya arxeologiya materiallari asosida)”
  Tolibov Nurbek Abdigapporovichni o‘qituvchi “O‘zbekistonda geografiya fanining rivojlanishi tarixi” (1925-1991 yillar)”
  Muxammedov Yoqubjon Qodirovich o‘qituvchi “Choch vohasida G‘arbiy Turk xoqonligi boshqaruvi”
  Mavlonov O‘ktam Mahmasobirovich professor “Markaziy Osiyoda qadimgi yo‘llarning shakllanishi” 
  Do‘smurodov Obidjon Shomirzaevich O‘qituvchi “O‘rta Zarafshon vohasi tarixiy madaniy hudud sifatida (Paxtachi tumani misolida) “ (Tasdiqlanmoqda)
  Qo‘yliev Ravshan Maxmanazarovich O‘qituvchi “Arxeologiya obektlari konservatsiyasi va restavratsiyasi” (tasdiqlanmoqda)

Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot

O‘zMU arxeologiya kafedrasi o‘qituvchisi Annaev J.T. 2016-2017 o‘quv yillarida O‘zbek-Xitoy xalqaro ekspeditsiyasida a’zo sifatida ishtirok etdi. Surxondaryo viloyatining Termiz tumani xududida joylashgan Talitog‘ora yodgorligida arxeologik tadqiqot ishlarida ishtirok etib kelmoqda.


Kafedra tarkibi

FISh Lavozimi
  Ochildiev Fayzulla Boboqulovich kafedra mudiri
  Sagdullaev Anotoliy  Sagdullaevich. professor
  Sulaymonov Rustam Hamidovich professor
  Shonazarov Shuhrat Bo‘rievich kat. o‘qituvchi
  Annaev Jaloliddin To‘xtashevich o‘qituvchi
  Shaydullaev Alisher Shopo‘latovich o‘qituvchi
  Parmonov Shokir Eshboevich o‘qituvchi
  Nazarov Xumoyun Alisherovich o‘qituvchi
  Muminov Otabek Uktamovich kat.o‘qituvchi
  Muxammedov Yoqubjon Qodirovich o‘qituvchi
  Mavlonov O‘ktam Mahmasobirovich professor
  Do‘smurodov Obidjon Shomirzaevich O‘qituvchi
  Qo‘yliev Ravshan Maxmanazarovich O‘qituvchi
  Polvonov Xikmatjon Axmatjonovich O‘qituvchi
  Sagdullaev Anotoliy  Sagdullaevich. professor
  Sulaymonov Rustam Hamidovich professor
  Shonazarov Shuhrat Bo‘rievich kat. o‘qituvchi
  Annaev Jaloliddin To‘xtashevich o‘qituvchi