“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi mini-futbol musobaqalari yakunlandi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” dasturi doirasida tashkil etilgan mini-futbol musobaqalarining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda Geologiya va muhandislik geologiyasi, Geografiya va geoaxborot tizimlari, Ijtimoiy fanlar hamda Taekvondo va sport faoliyati fakultetlari jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.

Murosasiz kechgan bahslarda jamoalar o‘zlarining sport mahorati, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra,

1-o‘rin 👉 Taekvondo va sport faoliyati fakulteti;
2-o‘rin 👉 Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti;
3-o‘rin 👉 Ijtimoiy fanlar fakulteti

G‘olib va sovrindor jamoalarni tabriklaymiz!