O‘zbekiston Milliy universitetida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” hamda “Talabalar ligasi” doirasida sport musobaqalariga start berildi. Tadbir universitet rahbariyati tomonidan ochib berildi.

Shuningdek, “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkazilgan sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan talabalarni taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Talabalar shashka, shaxmat hamda mini futbol sport turlari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib, munosib taqdirlandilar.

Shashka bo‘yicha g‘oliblar:
Qizlar o‘rtasida:
- Mahliyo Sharopova – 1-kurs, Fizika fakulteti – 1-o‘rin
- Dilafruz Rahmonova – 1-kurs, Ijtimoiy fanlar fakulteti – 2-o‘rin
- Madina Hamroyeva – 2-kurs, Iqtisodiyot fakulteti – 3-o‘rin
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
- Ozodbek O‘rmonaliyev– 2-kurs, Taekvondo yo‘nalishi – 1-o‘rin
- Sherali Xurramov– 2-kurs, Matematika fakulteti – 2-o‘rin
- Asadbek Azamov– 1-kurs, Ijtimoiy fanlar fakulteti – 3-o‘rin

Shaxmat bo‘yicha g‘oliblar:
Qizlar o‘rtasida:
- Nozima Ortiqova – 1-kurs, Amaliy matematika yo‘nalishi – 1-o‘rin
- Oypopuk Sodiqova – 1-kurs, Fizika fakulteti – 2-o‘rin
- O‘g‘iloy Asqarova– 2-kurs, Iqtisodiyot fakulteti – 3-o‘rin
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
- Akbar Yangibayev – 2-kurs, Kimyo fakulteti – 1-o‘rin
- Sodirxon Muhammadov– 2-kurs, Amaliy matematika yo‘nalishi – 2-o‘rin
- Muhammadali Karamov– 1-kurs, Ijtimoiy fanlar fakulteti – 3-o‘rin

Mini futbol bo‘yicha g‘oliblar:
- Taekvondo va sport faoliyati fakulteti jamoasi – 1-o‘rin
- Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti jamoasi – 2-o‘rin
- Jurnalistika va ozbek filolologiyasi fakulteti jamoasi – 3-o‘rin
Mazkur musobaqalar yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish va jamoaviy ruhni mustahkamlashga xizmat qiladi.