Biofizika kafedrasi
Kafedra mudiri - Ro‘ziboev Xaydarali Sobirjonivich
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00
+998 71 246-82-67
e-mail: rusoha@mail.ru
1962 yilda taniqli olim Yolqin Xolmatovich To‘raqulov tomonidan Biokimyo va biofizika kafedrasining tashkil qilinishi mamlakatimizda biofizika fani rivojlanishiga qo‘yilgan ilk qadam edi. 1962 yilda Bekjon Oybekovich Toshmuxamedov ToshDU biofizika kafedrasiga kichik ilmiy xodim, keyinchalik 1963 yilda shu kafedrada dotsent lavozimiga tayinlandi. O‘zbekistonda Biofizika maktabining yaratilishi bevosita uning nomi bilan bog‘liq. 1979 yilda Biokimyo va biofizika kafedrasi ikkita mustaqil: Biokimyo hamda Biofizika va atrof muhitni muhofaza qilish kafedralariga bo‘lindi. 1988 yilda biofizika kafedrasining biotexnologiya guruhi asosida alohida Biotexnologiya va hujayra biologiyasi kafedrasi tashkil etildi va unga professor M.M. Raximov rahbarlik qildi. Keyinchalik biofizika va atrof muhitni muhofaza qilish kafedrasi biofizika kafedrasi deb qayta nomlandi.
Kafedra tashkil etilgan vaqtdan 1986 yilgacha uni professor, keyinchalik esa O‘zR FAning akademigi B.O. Toshmuxamedov boshqardi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, B.O. Toshmuxamedov ensiklopedik bilimlarga ega, prinsipial va iqtidorli tadqiqotchi olimdir. Ular bilimdon tashkilotchi va ilmni ommalashtiruvchi serharakat fan arbobi bo‘lib, ulaning ilmiy faoliyatlarini yetishib chiqqan shogirdlari davom ettirdilar. 1985-2001 yillarda kafedrani B.O. Toshmuhamedovning shogirdi, bioenergetika va ion transporti sohasining taniqli mutaxassisi b.f.d., professor A.I. Gagelgans boshqardi. 2001-2005 yillarda biofizika kafedrasini b.f.d., professor M.V. Zamaraeva, 2005-2008 yillarda b.f.d. professor R.Z.Sabirov, 2008-2013 yillarda b.f.n., dotsent v.b. Yu.V. Leviskaya, 2013-2018 yillarda b.f.n., dotsent G.G‘. Radjabova, 2018-2019 yilda professor U.Z.Mirxodjaev boshqardilar. 2020 yil dekabrdan boshlab Biofizika kafedrasiga b.f.f.d. (PhD) X.S.Ro‘ziboev boshchilik qilmoqda.
Biofizika kafedrasida 20 dan ortiq fan doktorlari: Z.U. Bekmuxametova, A.K. Qosimov, A.I. Gagelgans, P.B. Usmonov, N.M. Mirsalixova, M.X. Gaynutdinov, M.U.To‘ychiboev, R.N.Axmerov, O.V.Krasilnikov, U.Z. Mirxodjaev, R.Z. Sabirov, D. Kalikulov, E.M. Maxmudova, I.G. Axmedjanov, B.U. Otaqo‘ziev, M.I. Asrorov, Z.Z. Gizzatulina va boshqalar, shuningdek, 50 ga yaqin fan nomzodlari yetishib chiqdi.
Bir qator xorijiy davlatlarning ilmiy markazlarida faoliyat yuritayotgan kafedraning turli yillardagi bitiruvchilari bilan hamkorlik, o‘zaro ilmiy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.
Kafedraning ilmiy yo‘nalishi “Membranafaol birikmalar ta’sirining ion mexanizmlarini o‘rganish” deb nomlangan bo‘lib, shu mavzu asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Hozirgi kunda biofizika kafedrasida quyidagi ilmiy seminarlar olib borilmoqda:
- Hujayra hajmini boshqarish tizimining ion mexanizmlari
Seminar o‘tkazilish vaqti: har oyning so‘ngi juma kunida soat 14.00 da.
Lektor: b.f.d., akademik R.Z. Sabirov
- Membranadagi ion o‘tkazuvchi strukturalar bo‘ylab ionlar transporti mexanizmlari
Seminar o‘tkazilish vaqti: har oyning birinchi payshanba kuni soat 14.00 da.
Lektor: b.f.d., professor U.Z. Mirxodjaev
Biofizika kafedrasi a’zolari:
- Ro‘ziboev Xaydarali Sobirjonovich (b.f.f.d., PhD kafedra mudiri)
- Mirxodjaev Ulug‘bek Zakirovich (b.f.d., professor)
- Sabirov Ravshan Zairovich (b.f.d., akademik)
- Pozilov Ma’murjon Komiljonovich (b.f.f.d, DSc)
- Leviskaya Yulya Vladimirovna (b.f.n., dotsent v.b.)
- Baev Artyom Yurevich (b.f.f.d., PhD katta o‘qituvchi)
- Xamidova Ozoda Joxongirovna (b.f.f.d., PhD o‘qituvchi)
- Fayziev Diyor Davronovich (b.f.f.d., PhD o‘qituvchi)
- Gaibov Ulugbek Gapparovich (b.f.f.d., PhD o‘qituvchi)
- Gaibova Sabina Narimanovna (b.f.f.d., PhD o‘qituvchi)
- Umarova Fatima Tadjibaevna (katta o‘qituvchi)
- Berdieva Xabiba Yakubovna (o‘qituvchi)
- Komilova Nafisa Rajabovna (o‘qituvchi)
- Xasanova Maxfirat Amonmuradovna (o‘qituvchi)