Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Bir ziyoli – bir mahallaga maʼnaviy homiy

2021 yil 20 may kuni O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Oybek Musurmonkulov fakultet ishchi guruhi va Yoshlar ittifoqi kengashi yetakchisi Sh.Abdullayevlar tomonidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2021 yil 20 apreldagi PF-6208-son Farmonida belgilab berilgan vazifalarni ijrosini ta’minlash uchun “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” shiori doirasida hamda yoshlar bilan "Mahallabay" ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida Olmazor tumanidagi “ISTIQBOL” MFYga tashrif buyurdi. Xozirda maxalla raisi rasman ishdan olingani sababli, “Istiqbol” MFYga Jamoatchilik asosida Xoliqova Klara Axatovna boshqarib kelmoqda ekan.

Uchrashuv vaqtida "Istiqbol" MFY profilaktika inspektori, leytenant Dilshod Said axmedov, Mahalla fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari Mavluda Rozikova, Mahalla fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari Xurshid Miraipov va mahalla faollari bilan birgalikda amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.