Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Biz, sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!

Xalqimizda kasalni davolagandan ko‘ra uni oldini olgan afzal, degan naql bor. Darhaqiqat, salomatlikni saqlashda profilaktika, sog‘lom turmush tarziga qat’iy rioya etish muhim o‘rin tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847 sonli Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan universitet talaba-yoshlarining ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tadbiq etish, jumladan talaba-yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish talaba-yoshlarning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib universitetda ko‘plab sport tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Davlatimiz rahbarining jismoniy tarbiya va sport hamda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishida ham kasalliklar profilaktikasi masalasiga alohida e’tibor qaratib, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini, jismoniy tarbiya va sportning bugungi kundagi foydasini keng targ‘ib qilish muhimligi qayd etildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti professor-o‘qituvchilari 2020 yilning 1 noyabridan – 30 noyabrga qadar “Atrof muhit muhofazasi oyligi” doirasida “Sog‘lom turmush tarzini” targ‘ib qilish maqsadida ko‘plab tadbirlar tashkil qilib bormoqdalar.

Jumladan, joriy yilning 4 noyabr kuni Taekvondo va sport faoliyati fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan aholi salomatligini mustahkamlash doirasida keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirib, Madaniyat va ma’rifat telekanalining “Tong nafasi” ko‘rsatuvining ijodkor xodimlari bilan hamkorlikda ertalabki sog‘lomlashtiruvchi badan tarbiya mashqlaridan saboq darslari tashkil etildi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi