Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Boburiylar davlatining jahon tamaddunidagi roli

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Xotin-qizlar kengashi va Tarix fakulteti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan temuriylar avlodining iste’dodli vakili, buyuk sarkarda, adolat kuychisi, hassos qalb egasi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag‘ishlangan  “Boburiylar davlatining jahon tamaddunidagi roli” mavzuidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o`tkazildi.TadbirniTarix fakulteti dekani, professor A.G. Mo‘minov ochib berib, Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi haqida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so`ng Tarix fakulteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Xidirov “Z.M.Boburning suronli hayot yo‘li, uning Hind tuprog‘ida amalga oshirgan buyuk ishlari, jahon adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi”, Resublika ma’naviyat markazi bosh mutaxassisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Gulchehra Shoxobiddin qizi “Benazi shoh va shoir” hamda Tarix fakulteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, t.f.n. dotsent M.M. Baltabaeva “Zahiriddin Muhammad Boburning xotin-qizlarga munosabati” mazuidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Tadbirda so`zga chiqqanlar yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda buyuk alloma Zahiriddin Muhammad Boburning o`rni va ahamiyati haqida so`z yuritdi. Tadbirning badiiy qismida talaba-yoshlar tomonidan shoir g`azallaridan namunalar, sahna ko`rinishi, kuy va raqslar namoyish etildi.
Tadbir yakunida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan o‘tkazilgan videoroliklar onlayn tanlovi g‘oliblari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning faol ishtirokchilari taqdirlandi.

O`zMU Axborot xizmati