BOLALAR TABASSUMI – BAXTIMIZ
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2021/09/bola3.jpg)
Joriy yilning 24 sentyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy univyersiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti
Psixologiya kafedrasi mudiri, professor Dilbar Muxamedova tashabbusi bilan univyersitetga biriktirilgan Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 23-sonli Mehribonlik uyiga kafedra jamoasining tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif davomida mazkur muassasa tarbiyalanuvchilari bilan o‘zaro yaqindan tanishish maqsadida “Bolalar tabassumi - baxtimiz” shiori ostida ochiq davra suhbati hamda psixologik trening o‘tkazildi.
Bayram dasturining homiylari bo‘lmish Psixologiya kafedrasi mudiri, professor Dilbar Muxamedova va kafedra professor-o‘qituvchilari, shuningdek, Psixologiya yo‘nalishi talabalari bolalarning quvonchiga shyerik bo‘lishdi.
Shundan so‘ng, bolajonlar uchun mini-sirk tomoshalari va qiziqarli badiiy havaskorlik chiqishlari namoyish etildi.
Tabdir so‘ngida kafedra jamoasi tomonidan barcha bolajonlarga turli sport tovarlari, tasviriy va amaliy san’at anjomlari hamda badiiy kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2021/09/bola2-1024x768.jpg)
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2021/09/bola4-1024x768.jpg)
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2021/09/bola1-1024x768.jpg)
O‘zMU Axborot xizmati