Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“Buyuk Ipak yo‘li chorrahasidagi ko‘hna maskan jozibasini targ‘ib etamiz!” shiori ostida Xovos turizm forumi o‘tkazildi

Bugun, 2-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimligi hamkorligida universitet talabalari hamda mazkur tuman o‘quvchi-yoshlari ishtirokida “Buyuk ipak yo‘li chorrahasidagi ko‘hna maskan jozibasini targ‘ib qilamiz!” shiori ostida Xovos turizm forumi o‘tkazildi.

Unda universitet rahbariyati vakillari, talaba-yoshlari, Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimligi hamda mazkur tumandagi turizm sohasida faoliyat yuritayotgan mas’ullar va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

Xalqaro forumdan ko‘zlangan maqsad – Sirdaryo viloyati Xovos tumani turistik obyektlarining jozibadorligini namoyish etish, tarixi va etnografiyasini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy monografiyalar yaratish va ularni keng jamotchilikka targ‘ib etish, shuningdek, mahalliy va chet ellik turistlarni ushbu qadamjolar va turistik obyektlarga qiziqishini oshirishdan iborat.

Shuningdek, mazkur turizm Forumi doirasida universitet mutaxassis-olimlari tomonidan “Ziyorat turizmi etnografiya ko‘zgusida (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari misolida)” hamda “Sirdaryo viloyati Xovos tumanida mehmonxonalar xizmati va gastronomik turizmni rivojlantirish imkoniyatlari” mavzularida turizmni rivojlantirishga oid seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-treningda Xovos tumani turizm sohasi mas’ullari, mehmonxona xizmati xodimlari hamda umumiy ovqatlanish muassasalari vakillari ishtirok etishdi hamda istiqbolda turizm sohasini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Mazkur turizm Forumi doirasida Sirdaryo viloyati Xovos tumani turistik obyektlari va ziyoratgohlariga sayohat uyushtirildi.

O‘zMU Axborot xizmati