Kafedra mudiri
BEKANOV KUATBAY KOSHKARBAEVICH>
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni:
Unvonsiz
Qabul kunlari:
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
Kafedraga 1921-yil professor N.I.Lebedenskiy tomonidan asos solingan. 1921-1945-yillarda kafedra turli fakultetlarning tarkibida faoliyat yuritgan. 1945-yili Geografiya fakulteti tashkil qilingandan so‘ng «Geodeziya va kartografiya» kafedrasi nomi bilan turli mutaxassisliklarga topografiya asoslari, geodeziya, kartografiya fanlaridan dars berib kelingan.
1947-yili O‘rta Osiyo respublikalari ehtiyojini geodeziya, kartografiya va kadastr mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar bilan ta’minlash maqsadida «Geograf-kartograf» mutaxassisligi ochilib, o‘sha yili 17 ta talaba qabul qilingan.
1948-yilda prof. N.I.Lebedinskiy vafotidan so‘ng kafedraga oldinma keyin katta o‘qituvchi F.L.Tropkin, prof. I.G.Krasovskiy, katta o‘qituvchi I.G.Chernyak, dots. Ch.V.Galkov, prof. T.M.Mirzaliyev, dotsentlar – Y.G.Brodoskiy, P.Y.Butenko, L.H.G‘ulomova, A.Egamberdiyev, H.M.Muborakov, E.Y.Safarovlar rahbarlik qilganlar. Hozirda PhD K.K.Bekanov rahbarlik qilmoqda.
Hozirgi kunda, kafedrada 2 ta fan doktori-pofessor, 9 ta fan nomzodi – professor va dotsentlar, 4 ta katta o‘qituvchi, 9 ta o‘qituvchilar faoliyat olib borib talabalarga mutaxassislik fanlaridan dars berib kelmoqdalar.
Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasida “Raqamli kartografiya” ilmiy to’garagi mavjud bo’lib, unda «60722500–Geodeziya, kartografiya va kadastr», 60721500–Geodeziya va geoinformatika, 60721600– Kartografiya va masofadan zondlash, 60722500-Kadastr yo’nalishi talabalari darsdan tashqari holatda soha oid yangiliklar, davra suhbatlari, zamonaviy dasturlar haqida ma’lumotlarga ega bo’ladilar.
Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi respublikamizda geodeziya, kartografiya va kadastr sohalarida yetakchi yirik ilmiy pedagogik va tadqiqot markazlaridan biri hisoblanadi. Kafedra qoshida «Atlas kartografiyasi» muzeyi tashkil etilgan bo’lib, muzeyda 100 ga yaqin ilmiy ma’lumotnoma xususiyatiga ega bo’lgan ko’p yillik kartografik asarlar fondi T.Mirzaliyev boshchiligidagi ilmiy jamoa tomonidan tashkil etilgan. Hozirda ushbu ilmiy asarlar kafedra tarkibida saqlanib kelinmoqda va bu ishda E.Y.Safarov boshchilik qilmoqda. Kafedra respublikada geografik kartografiyaning yetakchi ilmiy maktabi sifatida tan olingan, uning maqsadi kartografiyaning ilmiy-amaliy masalalarini kartografik tadqiqot usullari asosida tadqiq etish va rivojlantirishdan iborat.
Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi universitet va fakultetda yirik kafedralardan biri hisoblanadi. Hozirgi paytda kafedrada «60722500–Geodeziya, kartografiya va kadastr», 60721500–Geodeziya va geoinformatika, 60721600– Kartografiya va masofadan zondlash, 60722500-Kadastr bakalavriat yo‘nalishining kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakillari mavjud. Undan tashqari, «70722502-Geodeziya va kartografiya» mutaxassisligi bo’yicha magistratura bosqichida o’qishni davom ettirishlari hamda oliy ta’limdan keyingi ilmiy tadqiqot faoliyatlarini «11.00.06-Geodeziya. Kartografiya» ixtisosligi bo‘yicha doktorantura bosqichida olib borishlari mumkin.
Mutaxassislik fanlarini yuqori malakali professor-o’qituvchilar va ishlab chiqarish korxonalaridan tashrif buyurgan soha vakillari bilan birgalikda olib boradilar. Darslar kompyuter texnologiyalari hamda ilg’or pedagogik usullarga asoslangan holda o’tib kelinadi.
Kafedra tarkibi
Egamberdiyev Asamberdi Xxx
Professor
Batafsil
Safarov Eshkabul Yuldashovich
Professor
Batafsil
Oxunov Ziyo Dadojonovich
Dotsent
Batafsil
Ibraimova Aziza Alimbayevna
Dotsent
Batafsil
Mirmaxmudov Erkin Raximjanovich
Dotsent
Batafsil
Shukina Olga Georgiyevna
Dotsent
Batafsil
Uvrayimov Sunnatilla Tilaboy o‘g‘li
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Arabov Obidjon Zarip o‘g‘li
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Salaxitdinova Sevar Saidaminovna
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Yusupov Baxridin Normo‘minovich
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Ochilov Shodiqul Shomurodovich
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Abdullayev Ilxomjon O‘ktamovich
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Ro‘ziyev Azizjon Savriddinovich
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Baxodirov Zafar Abduvaliyevich
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Karabazov Sardorbek Abdumajitovich
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Yakubov Gayrat Zaidovich
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Saidov Murodjon Xamitovich
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Kuvondikov Rustam Abdurasul o‘g‘li
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Ibragimov Orifjon Alimaxamatovich
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Atabayev Sarvarbek Azadovich
Stajer-o‘qituvchi
Batafsil
Mirjalalov Nuriddin To‘lkun o‘g‘li
Assistent
Batafsil
Yusupjonov Otabek G‘ayibjonovich
Assistent
Batafsil
Gulov Shoxrux Muxiddin o‘g‘li
Assistent
Batafsil
Ergasheva Yulduz Xalilovna
Assistent
Batafsil
Ibragimov Jaxongir Komiljonovich
Assistent
Batafsil
Toshonov Bekzod Shermamat o‘g‘li
Assistent
Batafsil
Nuretdinova Mashxuraxon Ilxamjanovna
Assistent
Batafsil
Hasanov Shaxzod Inadullayevich
Assistent
Batafsil
Ilmiy faoliyat
Kafedra a’zolari tomonidan hozirga qadar qatot ilmiy nashrlar yirik Xorijiy jurnallarda, mahalliy OAK ro‘yhatidagi jurnallarda ilmiy maqolalar chop etilgan. Jumladan, 2024-yilda 6 ta Scopus bazasida, xalqaro OAKda 12 ta, mahalliy OAKda 13 ta va boshqa nashrlarda maqola va tezishlar nashr etilgan.
Undan tashqari, kafedra professor o’qituvchilari tomonidan 2 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta monografiya nashr qilinib, 1 ta dastur yuzasidan guvohnoma olingan. «Geoinformatsion kartografiya» nomli darslik E.Y.Safarov, X.A.Abduraximov, R.Q.Oymatov, K.K.Bekanovlar tomonodan, «Kartashunoslik» nomli darslik E.Y.Safarov, A Egamberdiyev, I.M. Musayevlar tomonidan nashr qilindi. «Davlat kadastrlari asosi» nomli o‘quv qo‘llanma K.K.Bekanov, Sh.Sh.Ochilov, A.A.Ibraimovalar tomonidan, «Kompyuter grafikasi vakartalarni jihozlash» nomli o‘quv qo‘llanma S.S.Saloiddinova tomonidan nashr qilindi. «Kompleks ekologik-meliorativ holatni kartaga olishning zamonaviy metodlari» nomli monografiya E.Y.Safarov, Sh.M.Prenovlar tomonidan, «Murakkab ekologik sharoitdagi qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni optimallashtirishda geoinformatika metodlaridan foydalanish» nomli monografiya K.K.Bekanov, E.Y.Safarovlar tomonidan, «Qishloq xo’jaligi ekinlarini maqbul joylashtirish uslubini GAT asosida takomillashtirish» nomli monografiya E.Y.Safarov, Z.J.Mamatkulovlar tomonidan, «O‘zbekiston va markaziy osiyo davlatlari tashqi iqtisodiy aloqalari geografiyasi» nomli monografiya
A.A.Ibraimova, M.I.Nazarovlar tomonidan nashr qilindi. I.O‘.Abdullaev, E.Y.Safarovlar tomonidan «Geoma’lumotlar bazasi modeli» nomli dasturiga Adliya vazirligi guvoxnomasi olindi.
Kafedraning ilmiy faoliyati respublikamiz va xorijdagi qator oliy ta’lim muassasalarining yaqin sohadagi kafedralari, davlat organlari (idoralari), yirik ilmiy-rejalash tashkilotlari bilan doimiy hamkorlikda quyidagi yо‘nalishlarda olib borilmoqda:
- injenerlik, sun’iy yо‘ldosh о‘lchash usullarini ishlab chiqish va qо‘llash;
- tabiiy va sun’iy obyektlarni kartaga olish, joyga kо‘chirish, deformatsiyalar va tabiiy ofatlar monitoringi (misol uchun, kо‘chki, suv omborlari tо‘g‘onlari deformatsiyasi);
- ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari, turli resurslardan, jumladan, yer usti, havo va kosmik usullar asosida geofazoviy ma’lumotlarni olish, ajratib olish, saqlash va tadqiq qilish usullari;
- tabiiy resurslarni boshqarish uchun kо‘p о‘lchamli ma’lumotlar tо‘plami (katta hajmdagi ma’lumotlar)ni tahlil qilish;
- geografik axborot tizimlaridan foydalanib real dunyoning samarali dinamik geografik tasvirlarini ishlab chiqish uchun kompyuterli vizuallashtirish va 2D/3D/4D modellashtirish;
- atrof muhit muhofazasi va ekologik monitoring tizimlarida, shaharlar ekologiyasi va barqaror rivojlanish hamda ekologik, shahar va ijtimoiy muammolarni baholash va ularni yechishda geofazoviy tahlil va modellashtirish;
- Veb-GAT va geoxizmatlar, ilovalarni ishlab chiqish.
Yuqorida keltirilgan yо‘nalishlardan kelib chiqib quyidagi ilmiy ishlar va loyihalar bajarilgan:
– Demografik tadqiqotlarda kartografik usullardan foydalanish;
– Drenaj tizimlarini qayta qurish (ta’mirlash)dagi loyihalash va hisoblash ishlarida GAT texnologiyalarini qо‘llash;
– Angren-Pop temir yо‘lini loyihalash va rejalash;
– Suv havzalari rejimlarini loyihaviy parametrlarini hisoblash va monitoringida Yerni masofadan zondlash ma’lumotlarining qо‘llanishi;
– Quyi Zarafshon hududining raqamli geoekologik kartalarini tuzish;
– Geoinformatika: О‘zbekistonda barqaror rivojlanlanishga erishishni ta’minlash;
– Quyi Zarafshon okrugi barqaror rivojlanishining geoekologik indikatorlari va ularni amaliy baholash;
– gSmart – “Aqlli joylar” uchun fazoviy AKT infratuzilmalari;
– DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura;
– NICOPA: Aniq qishloq xо‘jaligida yangi va innovatsion kurslar;
– SPACECOM: Kosmik tizimlar va aloqa texnologiyalari sohasidagi yangi о‘quv dasturi;
– Aholini interaktiv dinamik kartalarini tuzishning nazariy va amaliy masalalari;
– Injenerlik-topografik syomkalar uslubini takomillashtirish;
– Yerni masofadan zondlash materiallaridan foydalanib raqamli yirik masshtabli qishloq xо‘jaligi kartalarini tuzishning nazariy-texnologik masalalari;
– Zamonaviy sun’iy yо‘ldosh texnologiyalari asosida Farg‘ona vodiysi hududining balandlik tizimini hisoblashni takomillashtirish;
– Gidrotexnik inshootlar deformatsiyasini geodezik monitoring qilish usullarini takomillashtirish masalalari.
– Shahar hududi kengayishini GAT va masofadan zondlash ma’lumotlari asosida monitoring qilish.
Xalqaro hamkorlik
Kafedra hozirgi kunda qator xorijiy davlatlar OTMlari, shu jumladan, G‘arbiy Vengriya, Zalsburg, London Grinvich universitetlari, Moskva davlat universiteti, Janubiy Qozog‘iston davlat pedogogika institutlari bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
2013 yil yanvardan boshlab kafedra a’zolari Yevropa Ittifoqining TEMPUS dasturi bo‘yicha 2012-2015 yillarga mo‘ljallangan yirik loyiha «TEMPUS GE–UZ: Geoinformatika: O‘zbekistonda barqaror rivojlanishga erishishni ta’minlash» nomli yirik loyihada faol ishtirok etdilar. Ushbu loyiha doirasida kafedra a’zolaridan 11 kishi G‘arbiy Vengriya, Zalsburg va Grinvich universitetlarida tashkil etilgan trening kurslarda qatnashib, o‘z malakalarini oshirib qaytdilar.
2014 yili kafedra qoshida maxsus «Geoinformatika» o‘quv laboratoriyasi tashkil etildi va u zamonaviy rusumdagi yangi geodezik asboblar, kompyuterlar va geoaxborat dasturlari bilan jihozlandi.
2013 yil yanvardan boshlab kafedra a’zolari Erasmus Mundus dasturi (545696 – EM – 1- AT- ERA MUNDUS- EMA 21) gSmart loyihasida ham qatnashib kelmoqda. Ushbu loyihaning O‘zbekistondagi koordinatori sifatida kafedra mudiri prof. E.Y.Safarov ish olib bordi. Dastur bo‘yicha bakalavriat talabalaridan 4 ta, magistrantlardan 1 ta, PhD bo‘yicha 2 ta, PostDoc bo‘yicha 1 ta kishi Evropaning turli oliy o‘quv yurtlarida o‘qib o‘z bilimlarini oshirib qaytdilar. Bu loyiha doiraisda O‘zbekistonng bir qancha OTMlaridan (O‘zMU, TIMI, TATI, UrDU, BuxDU va boshqa) pedagog hodimlar chet elga borib o‘z malakalarini oshirib keldilar. 2015 yil sentyabirdan 2016 yil iyunigacha kafedraning katta o‘qituvchisi I.O‘.Abdullayev (Avstriyada), Sh.Prenov (Vengriyada) va A.Ruziev (Gollandiyada) ushbu dastur bo‘yicha malaka oshirib keldilar.
Kafedra koʻp yillardan buyon kartografiya va GAT texnologiyalari, atlas kartografiyasi va kompleks xaritaga olish masalalari boʻyicha qator ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirib kelmoqda. Undan tashqari, respublikada kartografiyaning zamonaviy yoʻnalishlari masalasida yetakchi ilmiy jamoalardan hisoblanadi. Shunga koʻra, kafedra qator xorijiy IT va OTM lar bilan hamkorlik ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, Oʻrta Osiyo davlatlarining qator yetakchi OTMlari, Gʻarbiy Vengriya, Avstriyaning Zalsburg, Angliyaning Grinvich universitetlari bilan hamkorliklarni yoʻlga qoʻygan.
Oʻzbekiston Milliy universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi hozirgi kunga kelib bir qator xorijiy universitet va tashkilotlar bilan ilmiy aloqalarni oʻrnatgan.
Kafedraning xorijiy hamkorlik shartnomalari toʻgʻrisida maʼlumot
tT\r |
Xorijiy universitet yoki tashkilot nomi |
Shartnoma yoki memorandum imzolangan sana |
Shartnoma muddati |
1 |
Novosibirsk Davlat universiteti (Rossiya); |
2022 yil
23-avgust |
2027 yil
23-avgust |
2 |
Paris-Lodron davlat universiteti (Avstriya); |
2019-yil |
2024 yil |
3 |
Sakariya Davlat universiteti (Turkiya); |
2023-yil 25-yanvar |
2028-yil 25-yanvar |
4 |
Moskova Davlat universiteti (Rossiya) |
2017-yil
11-aprel |
2022-yil
11-aprel |
5 |
Yerni va kosmik fazoni geodezik tahlil qilish laboratoriyasi (Portugaliya) |
2021-yil 17-fevral |
2026-yil 17-fevral |
6 |
Obuda universiteti (Vengriya) |
2020-yil 26-may |
2025-yil 26-may |
7 |
Lebnis qishloq xoʻjaligini rivojlanitirish instituti (Germaniya) |
2019-yil 12-avgust |
2024-yil 12-avgust |
8 |
Polosk davlat universiteti (Belarusiya) |
2022-yil 12-yanvar |
2027-yil 12-yanvar |
9 |
Berlin texnika universiteti |
2020-yil 14-sentyabr |
2025-yil 14-sentyabr |
10 |
EXOLAUNCH GmbH Berlin kompaniyasi |
2020-yil 14-sentyabr |
2025-yil 14-sentyabr |
11 |
Saken Seyfullin nomidagi Qozogʻiston agrotexnika universiteti (Qozogʻiston) |
2022-yil 25-may |
2027-yil 25-may |
12 |
Manash Kozibayev nomidagi Shimoliy Qozogʻiston universiteti (Qozogʻiston) |
2022-yil 25-may |
2027-yil 25-may |
13 |
Shokan Ualixonov nomidagi Kokchetov universiteti (Qozogʻiston) |
2022-yil 25-may |
2027-yil 25-may |
2023 yili 3-15 dekabr kunlari Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi mudiri PhD K.K.Bekanov, professor E.Y.Safarov, professor A.Egamberdiyev., dotsent A.A.Ibraimova., katta o‘qituvchi B.N.Yusupovlar tomonidan Rossiya Federatsiyasining Qozon Federal universitetining Boshqaruv, iqtisodiyot va moliya instituti talabalariga “Aholini xaritaga olishda geoaxborot tizimlari” dasturida talabalariga ma’ruzalar o‘qishdi.
2024 yilning 18-22 fevral kunlari Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi professor E.Y.Safarov., professor A.Egamberdiyevlar Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh davlat universiteti talabalariga ma’ruzalar o‘qishdi hamda tajribalar almashish uchun xizmat safarida bo‘ldi.
2024 yilning 1-4 may kunlari Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi dotsenti A.A.Ibraimova Qozog’iston Respublikasining Karaganda shahrida joylashgan akademik E.A.Buketov nomidagi Karaganda universiteti Biologiya-geografiya fakulteti talabalariga ma’ruzalar o‘qishdi.
E.A.Buketov nomidagi Karaganda universiteti xalqaro TOP1000 talik, shuningdek Qozog‘iston milliy akkreditatsiya agentligi baholashiga ko‘ra milliy ta’lim yetakchilarining beshtaligiga kiradi. Qozog‘iston Respublikasi Hukumatining 2024 yil 5 apreldagi qarori bilan akademik E.A.Buketov nomidagi Karaganda universitetiga tadqiqot universiteti maqomi berilgan.
Kafedrada oʻtgan 4 yil davomida 200 ga yaqin nashrlar, jumladan 3 ta darslik, 6 ta oʻquv qoʻllanma, 10 dan ortiq uslubiy qoʻllanma, 3 ta monografiya, 50 dan ortiq xalqaro va mahalliy jurnallarda ilmiy maqolalar, 100 ga yaqin xalqaro va respublika konferensiyalarida tezislar chop etildi.
Xalqaro hamkorlik doirasida 2018-yil 19–20-oktyabrda “Geoinformatika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari: hozirgi holati va istiqbollar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, 2018-yil 15-19-oktyabr kunlari “Oʻqitishni qoʻllab-quvvatlash metodologiyasi” (Methodology of Teaching Support) mavzusida trening kurslari oʻtkazilgan va 2018-yilning 3-noyabrdan 13-noyabrgacha Avstriyaning Zalsburg universiteti “Geoinformatika va GIS markazi” (Geoinformatics _Z_GIS) kafedrasi doktori Dr. Sabine Hennig Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti talabalari uchun Introduction GIS and Story Maps mavzusida maʼruza va amaliy mashgʻulotlarga jalb qilindi; DSinGIS loyihasi doirasida Toshkent arxitektura va qurilish institutida 2019-yil 14-21-oktyabr kunlari “Ilmiy tadqiqotlarni olib borish va unga rahbarlik qilish” (Training on supervision and research methodologies) mavzusida trening kurslari, shu loyihasi doirasida SamDAQI da “Geoaxborot tizimi (GAT) texnologiyasi sohasini rivojlantirishning dolzarb muammolari va yechimlari» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2019-yil 22-23-oktyabr kunlari oʻtkazildi; 2020-yil 1-2-iyunda “Applied Geoinformatics for Sustainable Development” mavzusida “GIS in Central Asia” GISCA2020 Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi onlayn boʻlib oʻtdi.
Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi katta oʻqituvchilari I.Oʻ. Abdullayev va A.S. Roʻziyevlar Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi CBHE yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilayotgan “NICOPA: New and Innovative Courses for Precision Agriculture” loyihasi boʻyicha 2019-yil 17-avgustdan 2019-yil 31-avgustigacha Germaniyaning Berlin Texnika universitetida tashkil etilgan trening kursida qatnashib ilgʻor texnologiya sohasida oʻz malakalarini oshirib kelishgan.
DSinGIS loyihasi doirasida 11.00.07 – Geoinformatika ixtisoslik pasporti va doktorantura dasturi rus va ingliz tayyorlanib muhokamadan oʻtkazilib, OAK ga topshirilgan. Natijada 02.11.18 OʻzR OOʻMTV ning № 5/4 hayat qarori bilan OʻzMU da 11.00.07 – Geoinformatika ixtisosligi boʻyicha PhD va DSc ochildi. Hozirgi kunda ushbu ixtisoslik boʻyicha 5 ta PhD tayanch doktorant tahsil olmoqda.
DSinGIS loyihasi doirasida Yevropa va Oʻzbekistondagi universitet xodimlari tomonidan terminologik lugʻat yaratildi. Oʻzbek tilidagi geofazoviy atamalarni uygʻunlashtirish maʼlumotlar bazasiga asoslangan holda olib borildi hamda foydalanuvchilarga HTML veb-lugʻati koʻrinishida atamalarni boʻlimlar boʻyicha koʻrish, saqlab olish hamda PDF-formatda nashr qilish imkoniyati bilan taqdim qilindi. Inglizcha va ruscha geofazoviy atamalarning oʻzbek tilidagi variantini aniqlash hamda uygʻunlashtirish boʻyicha tahririy ishlarning yakuniy bosqichi hamkorlikda davom ettirilmoqda. Hozirgi kunda ushbu bazaga guvohnoma ham olindi.
Loyiha doirasida erishilgan natijalar asosida maqola tayyorlanib, SCOPUS bazasidagi onlayn jurnal va NEO PUBLICATION-2020 ga nashr uchun taqdim etildi nashr qilindi.
Kafedra dotsenti E.R.Mirmaxmudov “EUPOS” European Position Determination System xalqaro tashkiloti va BMT ning Kosmik geodeziya boʻyicha tashkilotga aʼzo sifatida xalqaro konferensiyalarda ishtirok etib kelmoqda.
2022-yil 26-27-oktyabr kunlari kafedra tomonidan “Hududlarning barqaror rivojlanishini geoaxborot jihatdan taʼminlash” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.