Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kafedra mudiri

Kafedra tarixi

Kafedra 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4896-son qaroriga binoan O‘zbekiston Milliy universitetida 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab yangi tashkil etilgan Gidrometeorologiya fakulteti negizida shakllandi.

Hozirgi kunda kafedrada 2 ta fan doktori, 3 ta fan nomzodi, 1 ta stajyor-o‘qituvchi, faoliyat olib bormoqdalar. Shuningdek o‘quv jarayonida talabalarga bilim berishda O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati huzuridagi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot institutidan f.-m.f.d. G.Mamdjanova va boshqa olim, mutaxassislar ishtirok etadilar.

Kafedrada 60520200 – Meteorologiya va iqlimshunoslik ta’lim yo‘nalishida kunduzgi va sirtqi ta’lim, 70520101 – Meteorologiya, iqlimshunoslik, agrometetorologiya (faoliyat turi bo‘yicha), magistratura mutaxassisligi  uzluksiz ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Kafedra bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi  tizimida, Suv xo’jaligi vazirligi tizimida, Qishloq xo’jaligi vazirligi tizimida, Mudofaa vazirligi, Ekologiya va atrof muhit muhofazasi davlat qo‘mitasida, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida xizmat ko’rsatishadi.

Kafedraning asosiy o’quv kurslari – meteorologiya va iqlimshunoslikka kirish,  geofizika asoslari, meteorologiyada axborot o‘lchov tizimlari, atmosfera fizikasi, sinoptik meteorologiya, dinamik  meteorologiya, meteorologik dasturlash tillari, O‘rta Osiyo sinoptik jarayonlari, masofaviy zondlash usullari, iqlimshunoslik, meteorologik hisoblashlar, meteorologik prognozlar, amaliy iqlimshunoslik, aviatsion meteorologiya,  agrometeorologiya.

Hozirgi kunda kafedrada professor-o‘qituvchilari Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari bilan hamkorlikda “№ ALM-202107009 “Ob-havo prognozining COSMO-CA  sonli modeli ma’lumotlari asosida xafvli gidrometeorologik  hodisalar (kuchli shamol, jala yomg‘irlari, sel toshqinlari monitoring tizimi va uning mobil ilovasini yaratish”, Tuproqshunoslik va agrokimyo limiy-tadqiqot instituti xodimlari bilan hamkorlikda “A-QX-2021-309 raqamli «G‘o‘zani o‘g‘itlashda global iqlim o‘zgarishlariga mos NPK nisbatidagi innovatsion agrotexnologiyalarni yaratish” mavzuida ilmiy loyiha bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Kafedra tarkibi

Ilmiy faoliyat

Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh Ilmiy darajasi, unvoni Dissertatsiya ishi mavzusi
1. Xolbaev Gulman Xolbaevmch g.f.n. O‘zbekistonda sug‘oriladigan hududlarda donli ekinlar mahsuldorligini agrometeorologik baholashning nazariy asoslari

Xalqaro hamkorlik

Meteorologiya va iqlimshunoslik kafedrasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet), Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, xorijiy universitetlardan Rossiya federatsiyasining Sankt-Petrburg gidrometeorologiya instituti, Moskva davlat universiteti, Yaponiyaning Kioto va Chiba universitetlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.